Kontent qismiga oʻtish

VEB.RF

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
VEB.RF
Turi davlat korporatsiyasi
Ishga tushgan sanasi 1922-yil
Joylashuvi  Rossiya
Aylanma daromad ▲ 689 milliard dollar
Toza foyda ▲ 8,4 milliard dollar
Ishchilar soni 12 722 (2021)
Vebsayti veb.ru

VEB.RF (2018-yilgacha Vneshekonombank, 1988-yilgacha SSSR Vneshtorgbank) – Rossiyaning yirik davlat korporatsiyasi[1][2]. „VEB.RF davlat taraqqiyot korporatsiyasi toʻgʻrisida“gi maxsus federal qonun asosida faoliyat olib boradi. Faoliyatining asosiy maqsadi – Rossiyaning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshish hisoblanadi. Soʻnggi 10 yil mobaynida umumiy qiymati 4 trillion rubldan ortiq boʻlgan 200 ta investitsiya loyihasi amalga oshirgan.

1922-yildan 1991-yilgacha SSSR tashqi iqtisodiy faoliyat davlat banki sifatida faoliyat olib borgan.

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi farmoni bilan Igor Shuvalov „VEB.RF“ raisi etib tayinlandi.

2018-yil 28-noyabrda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti korporatsiyaning funksiyalari toʻgʻrisidagi qonunni imzolagan.

  1. „Что такое Внешэкономбанк СССР“ (ru). «Коммерсантъ» (2005-yil 22-dekabr). 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 13-iyun.
  2. Воробьев, Михаил „Путин назвал ВЭБ.РФ важнейшим институтом развития“ (ru). Известия (2022-yil 23-avgust). Qaraldi: 2024-yil 30-sentyabr.