Kontent qismiga oʻtish

Uzuv Zokirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uzuv Boqiyevich Zokirovdan yoʻnaltirildi)

Uzuv Boqiyevich Zokirov (1934.17.9, Toshkent) – farmakolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), tibbiyot fanlari doktori (1968), professor (1970). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida kichik va katta ilmiy xodim (1961—69). Toshkent tibbiyot akademiyasi farmakologiya kafedrasi mudiri (1978-yildan). Toshkent farmatsevtika instituti rektori (1985—88). Farmakalogiya qoʻmitasi raisi (1995—98). Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan dorivor oʻsimliklardan ajratilgan hamda sintez qilingan moddalarni izlash, oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishga bagʻishlangan. Issiq iqlim sharoitida qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan pestitsidlar bilan zaharlanganda hazm fermentlari faolligining buzilishi hamda uning oqsil, yogʻ, uglevodlar parchalanishi va soʻrilishiga salbiy taʼsirini ilk bor ilmiy asoslab, oldini olish yoʻllarini ishlab chiqqan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil