Maʼmurjon Uzoqov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uzoqov Maʼmurjondan yoʻnaltirildi)

Maʼmurjon Uzoqov (1904.20.4 Margʻilon – 1963.12.6) – Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Mamatbuva hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul qori singari hofizlar taʼsirida ashula aytishni boshlagan. Hasan qoridan dutor chalish va yallalarni, J. Sultoiovdan katta ashulaning murakkab yoʻllarini oʻzlashtirgan. 1922 – 25 yillar Xudoybergan hofiz Maqsumov, 1926—32 yillar Hasan qori, 1933— 62 yillar J. Sultonov bilan hamnafaslikda kuylagan. Dastlab xalq toʻysayillarida, choyxonalarda xizmat qilgan. Margʻilon teatrida xonanda (1937—39), Muqimiy teatrida [Tohir, Jarchi (S. Abdulla; T. Jalilov, „Tohir va Zuhra“) rollarini oʻynagan] artist va xonanda (1939—50), Oʻzbekiston radioqoʻmitasi (1950—52), Oʻzbek davlat estradasi (1952—62)da yakkaxon xonanda. Baland, shirador va oʻta taʼsirli ovoz sohibi. Repertuaridan xalq ashula, yalla va katta ashulalar („Ul kun jonon“, „Nasihat“, „Keldim“, „Jonon kelur“, „Koʻzlaring“, „Bayet“, „Parvo etib ket“, „Kalam qoshing“, „Aylading“, „Yolgiz“, „Koʻp erdi hasratim jono“, „Sayding qoʻyaber, sayyod“), bastakorlar asarlari (ayniqsa, M. Mirzayevning „Yakka bu Fargʻonada“, „Surating“, „Dogʻman“, „Yor istab“, „Bahor“, „Qachon boʻlgʻay, kim“, „Bir kelib ketsin“ kabi), mumtoz ashulalar („Feruz“, „Mustahzod“, „Bayet V“) urin olgan. U. Fargʻona xonandalik maktabi anʼanalarini davom ettirgan va oʻzbek musiqa madaniyati tarixida chu kur iz qoldirgan. Ijrolari Oʻzbekiston radiosi jamgʻarmasiga, bir nechta gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan. Vafotidan soʻng „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni (2000) bilan taqdirlangan. Margʻilon koʻchalardan biri, bolalar musiqa maktabi hamda shahar madaniyat va istirohat bogʻiga U. nomi berilgan. 1997-yildan Margilonda J. Sultonov va M. Uzoqov nomidagi xonandalar tanlovi oʻtkazilmoqda.