Aleatiko
(Uva liatikadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation
Jump to search
Aleatiko, Aleatiko pero, Uva liatika– vinobop uzum navi. 1830 yilda Italiyadan Krimga, 19-asrning 2-yarmida O‘zbekistonga keltirilgan. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Tupi o‘rtacha o‘sadi. Bargi bir oz cho‘ziq, arra tishli, tuksiz. Guli ikki jinsli. Uzum boshi konussimon silindr shaklida, o‘rtacha kattalikda (bo‘yi 15–18 sm, eni 10–13 sm), 307ogirligi 140–150 g, shingillari o‘rtacha tig‘iz. G‘ujumi dumaloq, qizg‘ish-ko‘k. Eti muskat hidli, shirador; Hosili faol harorat 2800°–3200° bo‘lganda 140–160 kunda pishib yetiladi (sentabr o‘rtalarida), tarkibidagi qand 25–26% ga yetadi. Hosildorligi 90–100 s/ga. Toki suvsizlikka chidamsiz. A. o‘tloqi va soz tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Raga bilan zarar-lanadi, kul kasalligiga chidami o‘rtacha.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |