Usta rahim Obidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Usta Rahim Obidovdan yoʻnaltirildi)

Usta rahim Obidov (19-asr oxiri — 1924) — samarqandlik toshtarosh usta, toshtaroshlar sulolasi vakili. Toshkent, Qoʻqon, Samarqandda katta ustaxonalari boʻlgan. Marmarni yoʻnib, koʻza, poyustun, taxtachalar va boshqa buyumlar tayyorlagan hamda ularni mayda boʻrtma islimiy va handasiy (girih) naqshlar bilan jozibador bezagan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan; jumladan, usta Joʻra Obidovning farzandlari — jiyanlari Bolta va Jalil Joʻrayevlarta ustozlik qilgan.