Mutallib Usmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Usmonov Mutallib Ahmedovichdan yoʻnaltirildi)

Mutallib Ahmedovich Usmonov (1924.10.12, Andijon viloyati, Izboskan tumani — 1994.18.12, Toshkent) — islomshunosfaylasuf olim. Falsafa fanlari doktori (1979), professor (1993). Urta Osiyo universitetining sharkshunoslik ftini (1952), Moskvadagi Ijtimoiy fanlar akademiyasini (1961) tugatgan. Andijondagi tuman va viloyat gazetalari muharriri, viloyat madaniyat ishlari boshkarmasi boshligʻi (195257). 1961—65 yillarda partiya organlarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida boʻlim mudiri (196581; 198490), sobiq SSSRning Afgʻonistondagi elchixonasida maslahatchi (1981—84), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi konsultant (1991 — 1994). Ayni vaqtda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida Qurʼoni karimni tarjima qilish guruhining va shu intdagi islomshunoslik boʻlimining boshligʻi (1990—1994). U.ning ilmiy faoliyati islom dini, uning aqidalari, marosimlariga, Qurʼon sharhlariga bagʻishlangan. U. ateizm hukmronlik qilgan sovetlar tuzumi davrida Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib Qurʼoni karim tarjimasi va ilmiy sharhiga qoʻl urgan, bu borada koʻplab ilmiy ommabop kitoblar nashr etgan. U.ning masʼul muharrirligida "Islom" maʼlumotnomasi (1986; 1nashri), "K,urʼoni karimning oʻzbek tilidagi ilmiy izoxli tarjimasi"ning akademik nashri chop etilgan (2004).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Diniy aqidalar va ularning mohiyati, T., 1972; Islom aqidalari va marosimlari, T., 1975; Qurʼoni karim va janobi Rasulullohning amallari, T., 1992.