Urush orti mehnatkashlari va urush bolalariga yodgorlik, Tomsk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urush orti mehnatkashlari va urush bolalariga yodgorlik ("Urush ortida gʻalaba qozongan ayol va oʻsmir") — Tomsk shahridagi yodgorlik.

Yodgorlik 2014-yil 4-oktabrda shaharning Novosobornaya maydonida Gʻalaba xiyobonida (2005-yilda paydo boʻlgan) ochilgan. Tantanali marosimda: Tomsk viloyati gubernatorining oʻrinbosari — Anatoliy Rojkov[1], Tomsk meri — Ivan Klyayn, shahar dumasi raisi — Sergey Ilinix[2], shuningdek, faxriylar, urush bolalari va front orti mehnatkashlari ishtirok etdilar[3]. Ushbu yodgorlik Tomsk Gʻalaba xiyobonining kompozitsion yakuniga aylandi[4].

Tomskda yashovchi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi va jamoat arbobi Porfiriy Glazirin yodgorlikni oʻrnatish gʻoyasini 2012-yilda ishlab chiqqan[5][6]. Uning taklifi shahar dumasi deputatlari va Tomsk faxriylari orasida aks-sado berdi. Hammasi boʻlib, yodgorlikni yaratish Tomsk aholisi tomonidan yigʻilgan pulni hisobga olgan holda 4,8 mln rublga tushdi. Tomskliklar ham yodgorlik mualliflari boʻlishdi: rassom — Dmitriy Jeltov, haykaltarosh — Vladimir Romanov va quyuvchi — Maksim Petrov[3].

Haykaltaroshlik kompozitsiyasida qoʻlida snaryad tutgan ayol va bu snaryadlarni unga berib turgan oʻsmir tasvirlangan. Yogʻoch quti ustida turgan bola frontga ketgan erkaklar oʻrniga front ortida yosh bolalar ishlaganini bildiradi.

Yodgorlik jigarrang granit plitalar bilan bezatilgan postament ustida joylashgan boʻlib, umumiy balandligi 3,5 metrni tashkil qiladi. Postamentnig old tomonida memorial lavha oʻrnatilgan: "Front ortida Gʻalaba qozongan ayol va oʻsmirga. 1941-1945".

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]