Uran slyudkalari
Qiyofa
(Uran Slyudkalaridan yoʻnaltirildi)
Uran slyudkalari - fosfat, arsenat, vanadat sinfining uranli minerallar guruhi. Kimyoviy tarkibi A(UO2)2(XO4)2 pN2O. Bu guruxda 40 ga yaqin mineral boʻlib, eng asosiylari — torbernit va otenit. Asosan, geksagonal singoniyada kristallanadi. Uran slyudkalari sariq, yashil yaproqsimon, baʼzan pushti rangda boʻlib, sadafdek yaltiraydi. Kattikligi 2—2,5; zichligi 3,0—6,8 g/sm3. Radioaktivli, kislotada oson eriydi. Barcha Uran slyudkalari gipergen mineral boʻlib, uransulfid konlarining oksidlanish zonasida uchraydi. Uran rudalarining tarkibiy qismi, ularni topishda darakchi hisoblanadi. Konlari: SentSimforyen, LaTorsh (Fransiya), Yaximov (Chexiya) va boshqa
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |