Kontent qismiga oʻtish

Ural-mongoliya geosinklinal mintaqasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ural-mongoliya geosinklinal mintaqasi – Uraldan Markaziy Osiyo orqali Tinch okean sohillarigacha choʻzilib, quruqlikdagi joylarni egallagan, Yer poʻstining tektonik qarakatdagi mintaqasi. Bu mintaqa gʻarbda Sharqiy Yevropa, shimoliy sharqda Sibir, janubida Xitoy Koreya platformalari bilan chegaralangan. Janubiy gʻarbda esa, Oʻrta dengiz geosinklinal mintaqasi, sharqda Tinch okean geosinklinal mintaqasi bilan birlashadi. Ural mongoliya geosinklinal mintaqasi oʻrnida togʻlarning vujudga kelishi tektogenezning bir necha epoxalari (baykal, salair, kaledon, gersin) mobaynida sodir boʻlgan. Mezozoy davriga kelib Ural mongoliya geosinklinal mintaqasi yosh platformaga aylangan. Mintaqa rivojlanishining barcha bosqichlari uchun intensiv magmatizm xosdir. Devon va kechki paleozoyning orogen davriga granitlar yirik massivining chuqurlashishi va yirik vulkanlarning yer ustiga otilib chiqishi toʻgʻri keladi. Ural mongoliya geosinklinal mintaqasida temir, mis, oltin, qoʻrgʻoshin, rux, qalay, volfram rudalari konlari hamda platina, xrom konlari va toshkoʻmir uyumlari mavjud.