Kontent qismiga oʻtish

Upsala universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Upsala Universitetidan yoʻnaltirildi)

Upsala universiteti - Shvetsiyadagi qad. va yirik untlardan biri. 1477-yil Upsala shahrida arxiyepiskop Yakob Ulfson tomonidan tashkil etilgan. 18-asrda untda tibbiyot va tabiatshunoslikdan shved tabiatshunosi K. Linney, astronomiyadan shved astronomi va fizigi A. Selsiy dare bergan. Universitet huquq, ijtimoiy fanlar, teologiya, tibbiyot, tarix, falsafa, tilshunosliq, farmatsevtika, matematika, fizika, biol., kimyo, geogr. boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1920-yil tashkil etilgan)da 2 mln.ga yaqin asar saqlanadi. Universitetda 18 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. UR (shumercha Urim) — qad. shahardavlat. Nosiriya shahri (Iroq)dan 20 km janubi-gʻarbda, TelMuqayyar shahar xarobasi oʻrnida joylashgan. Ingliz olimlari D.Teylor (1854), R. KempbellTompson (1918), R. Xoll (191922) va ayniqsa, L. Vulli rahbarligidagi AngliyaAmerika ^", ekspeditsiyasi * (1922 — 34) tomo <; nidan keng koʻlamda oʻrganilgan. Arxeologik tadqiqotlar U. oʻrnida mil. av. 5-ming yillik oxirida qishloq vujudga kelgani va u ubayd madaniyatita. mansubligini aniqladi. Mil. av. 4-ming yillikda Uruk davrida U. shahar sifatida shakllangan. Qazishmalar natijasida topilgan eng koʻp va qiziqarli yodgorliklar U.da I va III sulolalar qukmronligi davriga mansub (mil. av. 25 va 21-asrlar). Isulolaga mansub 16 ta maqbaraga (koʻpchiligi qad.da talontoroj qilingan) hukmronlar va ularga qurbonlik qilingan jangchilar, arfa chaluvchi ayollar, aravakashlar qoʻshib dafn qilingan. Bu topilmalar dafn marosimi haqida tasavvur qilish imkonini beradi. Shumer sanʼatining noyob namunalari; oltin dubulgʻa, oltin idishlar va arfalar, tinchlik va urush sahnalari aks ettirilgan mozaikali bayroq(tugʻ)lar shu davrga oid. Shsulola hukmronligi davriga mansub shaharning qalin mudofaa devori, saroy, ibodatxona devori qoldiklari chiqqan; ibodatxona markazida 3 qavatli zikkurat (bal. 42 m) va boshqa inshootlar joylashgan.

Mil. av. 25-asrda, U.ning 1sulolasi davrida (Mesanepada, Aanepada xukmronligi va boshqalar). U. kuchli davlat boʻlgan. Mil. av. 24—22-asrlar mobaynida (biroz tanaffuslar bn) qoʻshni shahardavlatlar Umma, Uruk, Akkad, gutiylarga karam boʻlgan. Mil. av. taxminan 21-asrda "Shumer va Akkad podsholigi" (U. ning Shsulolasi) poytaxtiga aylangan. Podsho UrNammu davrida (mil. av. 21-asr) Mesopotamiyadagi eng qad. huquqiy nizom yaratilgan. U.ning ushbu davri tarixi uchun shoxlarning katta xoʻjaliklari, qullar, qarollar ("gurush" va "gim") mavjudligi xos boʻlgan. Mutlaq podsho hokimiyatining mafkuraviy asoslari yaratilgan (maʼbudlarga sajda qilishning yagona tizimi "podsho hokimiyatining abadiyligi" va boshqalar). Shsulolaning keyingi 4 podshosi (Shulgi, AmarSuen, ShiSuen, IbbiSuen) hayotliklari chogʻlarida ilohiylashtirilganlar. U.ning Shsulolasi davrida shumer tilidagi madaniyat ravnaq topgan, biroq akkad tili ham tarqala boshlagan. Shsulola davlati mil. av. taxminan 2000-yil Elam va amoriylar bilan boʻlgan urush jarayonida qulagan. U. Bobil (mil. av. 18—6-asrlar) va axamoniylar podsholiklari (mil. av. 6-asrdan) qoʻl ostida muhim savdohunarmandchilik markazi sifatida krlgan; mil. av. 4-asr oxiriga kelib U. tanazzulga uchragan.

Ad..Tyumenev A. I., Gosudarstvennoye xozyaystvo doktorevnogo Shumera, M.L., 1956; Vulli L., Ur xaldeyev (per. s angl.) M., 1961.