Undiruvchi sanoat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Undiruvchi Sanoatdan yoʻnaltirildi)

Undiruvchi sanoat, undirma sanoat — yer ostidan, suvdan va oʻrmonlardan har xil xom ashyolar va yoqilgʻilar olish bilan shugʻullanuvchi sanoat tarmoklari majmui. Undiruvchi sanoatning asosiy tarmoklari foydali qazilmalar (kumir, neft, gaz, slanets, torf, temir rudasi, rangli, nodir va asil metallar hamda noruda xom ashyolar) qazib olish, ovchilik, baliqchilik, dengiz hayvonlarini ovlash, dengiz mahsulotlarini yigʻish, yogʻoch tayyorlash va boshqa Undiruvchi sanoat mahsulotlari, asosan, ishlov beruvchi sanoatda qoʻllaniladi.

Undiruvchi sanoat oziq-ovqat va sanoat xom ashyosi olishning muhim bazasi hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti tufayli xalq xoʻjaligida turli xil xom ashyoga boʻlgan talab muntazam oshib boradi, natijada Undiruvchi sanoatning yangi tarmoklari vujudga keladi. Undiruvchi sanoatning taraqqiyot darajasi har bir mamlakatning tabiiy, ijtimoiyiqtisodiy sharoiti bilan belgilanadi.

Oʻzbekistonda Undiruvchi sanoatning barcha tarmoqlarida yirik texnika bazasi vujudga keltirilgan. Ayniqsa, mustaqillik yillarida kumir, gaz, neft qazib olish rivojlandi. Koʻpdankoʻp yangiyangi xom ashyo konlari topildi. Undiruvchi sanoat xom ashyosi bazasida yirik sanoat majmualari (mas, Olmaliq, Navoiy konmetallurgiya kombinatlari) faoliyat koʻrsatadi.