Ummu Sharik
Qiyofa
Ummu Sharik (arab. أم شريك) Muhammad alayhissalomning ayol sahobalaridan edi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islom yangi paydo bo‘lgan vaqtlarda Makka hukmron tabaqasi Islomni qabul qilgan odamlarni yangi e’tiqodidan voz kechirish uchun ularni turli qiynoqlarga solar edi. Islom dinini qabul qilgan Ummu Sharik ham uch kun davomida issiq quyosh ostida qoldirilib, suv ichishiga ruxsat berilmagan.
Ummu Sharikning ismi G‘aziyya bint Jobir ibn Hakim bo‘lib, nasabi borasida turlicha qarashlar mavjud. U o‘zini Nabiy alayhissalomga bag‘ishlagan ayollardan biri edi.[1].