Hamza Umarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Umarov Hamzadan yoʻnaltirildi)

Hamza Umarov (1925.17.12, Qoʻqon 1987.26.11, Toshkent) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida (1948-51) oʻqigan. 1950—86 yillar Muqimiy teatrida, 1987-yil yanvar—avgustda Hamza teatrida, soʻngra "Oʻzbekfilm" kinostudiyasida ishlagan. "Armugʻon" spektaklidagi Jaʼfar U.ning sahnada yaratgan ilk obrazidir. "Oltinkoʻl" (Uygʻun)da Gʻani, "Nurxon" (K.Yashin)da Huzurxoʻja, "Farhod va Shirin" (Xurshid)da Shopur, "Ravshan va Zulhumor" (K.Yashin)da Tersak rollari bilan tanildi. U. ijodida 50-yillar shakllangan xarakterli, lirik va kulgilihajviy yoʻnalishlar keyingi yillar ham davom etdi. Qahramonlarining feʼlatvori va xususiyatlarini bir oz boʻrttirib ifodalashi, soʻzlarini donadona va jarangdor talaffuz qilishi, qoʻshiqlarini qahramon holatiga singdirib yuborishi, qaramaqarshi histuygʻularni kuchli psixologik dramatizmda yetkazishi bilan U. sanʼati alohida ajralib turadi. Isfandiyorxon ("Gʻazal fojiasi"), Maʼdalixon ("Nodira"), Sayd ("Guli siyoh"), Masxaraboz ("Oʻn ikkinchi kecha"), Asqarali ("Mavlono Muqimiy"), Gung ("Qizbuloq"), Pantashvili ("Xonuma xonim") kabi obrazlari bunga misoldir. Rejissyor sifatida "Bagʻri tosh", "Qaynona", "Ishqing bilan" kabi asarlarni sahnalashtirgan.

Umarovning kino sanʼati rivojiga koʻshgan xizmatlari alohida boʻlib, kinoda uning yangi qirralari ochildi, qiyofasi, chehrasi, ovozi, xattiharakatlari, oʻzini tutishi, ichki kechinmalarining yuzida, koʻzlarida zohir boʻlishi kinematografiya imkoniyati va ifoda vositalariga juda moye tushgan.

Kinoda Salimboyvachcha ("Qutlugʻ qon"), Umar ("Mahallada duvduv ran"), Madaminbek ("Favqulodda komissar"), Homid ("Oʻtgan kunlar"), Qoriyev ("Inqilob chavandozlari"), Asqarov ("Yoz yomgʻiri"), Normat ("Shijoat"), Sulaymonov ("Falokat oyoq ostida"), Jabborov ("Shiddat"),Qoʻldoshev ("Seni kutamiz, yigit"), Matnazar ("Olovli sohil") kabi 60 dan ortiq obraz yaratgan. U bir qancha televizion spektakllar (Masxaraboz, "Qirolning dilxushi" va boshqalar)da ham oʻynagan. Dublyaj sanʼatining mohir ustasi sifatida tanilgan (1000 dan ortiq filmda ovoz bergan). "Bagʻri tosh", "Hayot yoʻli"; "Dil tortsa", "Yor yurgan koʻchalar", "Ton g farzandlari" pyesalarining muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]