Alufa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ulufadan yoʻnaltirildi)

Alufa, ulufa (arab. — xashak, yem) — 1) harbiy qoʻshin va lashkar ixtiyorida-gi ot-ulov uchun aholidan toʻplanadigan natural soliq. Choparlar va elchilarning ot-ulovlari ham A. orqali yigʻilgan yem-xashak bilan taʼminlangan. Jangchilarga beriladigan maosh ham A. deb atalgan. Mas. „Temur tuzuklari“da Amir Te-mur „Yana buyurdimki, oʻnboshi yuzboshining tasdigʻi bilan, yuzboshi mingboshining tasdigʻi bilan, mingboshi amir ul-umaroning tasdigʻi bilan ulufa olsinlar“ deb koʻrsatma beradi. A. istilohi 12-asrdan maʼlum; 2) 18-asrda Buxoro xonligida gʻoziilarni natura (bugʻdoy va boshqalar) hamda pul bilan taqdirlash.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil