Ultramikrokimyoviy analiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ultramikrokimyoviy Analizdan yoʻnaltirildi)

Ultramikrokimyoviy analiz — juda oz miqdordagi moddalar namunasini tekshirishga asoslangan usul va uslublar majmui. Tajribada oddiy konsentratsiyali, lekin hajmi p (10"3—106) ml dan koʻp bulmagan eritmalardagi p (106—1012) g miqdor modda aniqlanadi. Ultramikrokimyoviy analiz mikrokimyoviy analiz yoʻli bilan aniklab boʻlmaydigan oz miqdordagi moddalarni aniqlash imkonini beradi. Ultramikrokimyoviy analiz usullari odsiy usullarda aniklash reaksiyalari kabi reaksiyalarga asoslangan. Tajribada mexanik manipulyatordan foydalaniladi. Tekshirishlar lupa (hajmi 10 3 ml) yoki mikroskop (hajmi 10~3 ml dan kichik) yordamida olib boriladi. Barcha operatsiyalar mikromanipulyatorlardan foydalanib mikroskop buyum stolchasining koʻrish maydonchasida oʻtkaziladi.

Oz miqdordagi namunalarni analizga tayyorlash usullari oʻziga xos boʻlib, namunaning turi va tabiatiga bogʻliq. Tekshirilayotgan namunalar va ularning tabiati turlicha, mas, korroziya mahsulotlari, gʻubor, qoplama, minerallardagi qattiq va suyuq aralashmalar, meteoritlar, qotishmalardagi aralashmalar, kichik qajmdagi turli suyuqliklar, yangi kimyoviy elementlar va boshqa boʻlishi mumkin.