Ulomov Valentin Ivanovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ulomov Valentin Ivanovich (1933.7.1, Toshkent — 2017.6.6.) — geofizik, seysmolog . Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), fizikamat, fanlari d-ri (1974), prof. (1982), Oʻrta Osiyo politexnika institutining geol.razvedka ftini tugatgan (1958), Toshkent markaziy seysmik st-yasining mudiri (1960), Oʻzbekiston FA Seysmologiya institutida direktor oʻrinbosari (1966—90), Toshkent zilzilasi oqibatlarini oʻrganish va zilzilani bashorat qilish masalalari sohasida seysmologik tadqiqotlar olib borgan. Birinchi marta radon zilzila darakchisi ekanligini anikdagan. Oʻrta Osiyoda Yer pusti tuzilishi va dinamikasini zilzila bashorati nuqtai nazaridan oʻrgangan. U. 1990 yildan Moskvadagi Yer fizikasi institutida ilmiy xodim, kontinental seysmik jarayonni oʻrganish va seysmik rayonlashtirish lab. mudiri (1991). Rossiyaning umumiy seysmik r-nlashtirish xaritasini tuzishga rahbarlik qilgan (1997). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).

Adabiyot[tahrir]

  • Dinamika Zemnoy kori Sredney Azii i prognoz zemletryaseniy, T. 1974, Glubinnoye stroyeniye Zemnoy kori yugovostoka Sredney Azii, po dannim seysmologii, T., 1966.