Galina Ulanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ulanova Galina Sergeyevnadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Galina Sergeyevna Ulanova [1909.26.12 (1910.8.1), Peterburg 1998, Moskva] — balet artisti. Xalq artisti (1951). Zamonaviy eng yirik balerinalardan. Leningrad xoreografiya bilim yurtini tugatgan (1928). 1928 — 44 yillar Leningrad opera va balet teatri, 1944—60 yillar Katta teatr (Moskva)da balerina. Odetta —Odilliya ("Oqqush koʻli"), Jizel ("Jizel"), Julyetta ("Romeo va Julyetta"), Zolushka ("Zolushka"), Avrora ("Uyqudagi goʻzal"), Marina ("Boqchasaroy fontani") kabi partiyalarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Uning sanʼati raqsning barcha ifoda vositalarining noyob uygʻunligi bilan alohida ajralib turadi. 1960 yildan Katta teatrda baletmeysterrepetitor boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Ulanova Galina Sergeyevna" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil