Uvek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ukekdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Uvek, U k ye k — Oltin Oʻrdanpsh asosiy shaharlaridan biri. 14-asr boshida bu yerda tangalar zarb etilgan. 14-asr oxiriga qadar mavjud boʻlgan. U. xarobalari (Saratov yaqinidagi Uvek t.y. st-yasi yaqinida) 19-asrning oxiri va 20-asrning boshida tadqiq etilgan. Turar joylar, xumdonlar, musulmonlar qabristoni aniklangan. 1913 y. A.A. Krotkov badavlat ayol dafn etilgan makbarani (14-asr) ochib oʻrgangan. Binolar pishiq va xom gʻishtdan qurilgan. Shahar xarobasidan suv va don saklash uchun moʻljallangan xumlar, sirlangan va sirsiz sopol idishlar, toshdan yasalgan idishlarning parchalari, koshin parchalari, quvurlar, Oltin Oʻrdaning kumush va mis tangalari, jez maʼbudchalar, xochlar topilgan.