Uchqizil suv ombori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uchqizil Suv Omboridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Uchqizil suv ombori - Surxondare viloyati Termiz shahridan shim. tomonda, 20 km uzoklikda, Uchqizil razʼyezdi yaqinidagi suv ombori. Atrofi tepaliklar bilan oʻralgan taqasimon tabiiy chuqurlikda barpo etilib, 1957 yilda foydalanishga toʻliq topshirilgan. Umumiy hajmi 160 mln. m3, foydali xajmi 80 mln. m3. Zang kanali va uning Jan. Zang suv keltirish kanali orkali Surxondaryo suvi bilan toʻldiriladi.

Suv omborining asosiy inshootlari: mayda donador qum bilan koʻtarilgan jan. va gʻarbiy dambalar; minora koʻrinishidagi suv chikargich va bosh rostlagich dambalar; 1150 m uzunlikdagi jan. dambaning bal. 11,5 m, tepa qismining kengligi 6 m, devorlari qiyaligining yuqori qismiga armobeton plitalar yotqizilgan. 2260 m uzunlikdagi gʻarbiy dambaning bal. 5,2 m. Suv chikargichdan 70 m masofada ochiq suv boʻlgich — bosh rostlagich qurilgan boʻlib, u suvni sharqiy va gʻarbiy taqsimlash kanallariga boʻlib beradi.