Meteorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Uchar Yulduzlardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Meteorlar (yun. meteora — atmosfera va osmon hodisasi) — sayyoralararo fazodan Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga katta (11–75 km/s) tezlikda qattiq zarralar yoki jismlarining kelib tushishi natijasida roʻy beradigan chaqnash va boshqa hodisalar. Xalq tilida "uchar yulduzlar" deb ham ataladi. M. dastlab vizual (teleskop va boshqalar) yoʻl bilan keyinroq esa fotografiya qamda radiolokatsiya yoʻli bilan kuzatilgan. Meteor jismlar Yer atmosferasi bilan toʻqnashganida oʻz massasining toʻla yoki qisman yoʻqotishi va ionlashgan yorugʻ iz qoldirishi kuzatilgan. Yorugʻ izning uzunligi bir necha km dan oʻnlarcha km gacha boʻlishi mumkin. Yorugʻ va xira meteorlar mavjud, yorugʻlari kam, xiralari koʻproqkuzatiladi. M. yorugʻligi meteor jismlarning kattaligiga va tezligiga bogʻliq. Eng yorugʻ M. bolidlar deyiladi. Atmosferada bir sutkada yorugʻligi taxminan beshinchi yulduz kattaligidek 100 mln. ta meteor chaqnaydi.

M. vaqt oʻtishi bilan asta-sekin parchalana borib biror balandlikda (odatda 60–10 km) yoʻq boʻlib ketadi. Yorugʻ yulduzlar, mas, bolidlar ancha pastlik (20–40 km) da tugaydi. M.spek-trida Fe, Na, Mg, Ca, Cr, Si+, N, O elementlarining intensiv chiziqlari aniqlangan. Yer atmosferasiga katta tezlikda yorib kirayotgan M. harakat energiyalarini atmosfera gazlarini qizdirishga sarf qiladi. Buning natijasida uygʻongan holatga oʻtgan atomlarning Ne, O, Na, Si va Sa ionlari asosiy xrlatga qaytayotganda yorugʻlik sochiladi. Yer oʻz harakati vaqtida M. oqimi bilan toʻqnashganda Yerda M. yomgʻiri hodisasi kuzatiladi. Bunda qisqa vaqt ichida (mas, 1 min.da) bir necha yuz M. chaqnashi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil