Tuxumli boʻtqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuxumli boʻtqa, yoki, bryui, tovuq tuxumidan tayyorlangan rus oshxonasining parhez taomi hisoblanadi. Boshqa tuxumli taomlar singari, nonushta uchun juda mos hamda bolalar ovqat ratsionidan ham oʻrin egallagan. Nozik tuxumli boʻtqa smetana konsistensiyasiga ega, sariyogʻ qoʻshilib issiq harorat ostida tayyorlangan tuxum-sut aralashmasi boʻlib, omlet yoki tuxumli quymoqqa oʻxshash jihatlari mavjud. Tuxumli boʻtqa odatda tovada emas, balki kichik kastryulchada yoki suv hammomida 80° C haroratda va doimiy aralashtirib pishiriladi, bundan tashqari multivarkadan foydalansa ham boʻladi.[1]

Tuxumli boʻtqa odatda bugʻdoyli qovurilgan non va maydalangan pishloq qoʻshilgan kichik metall yoki chinni kosalarda, shuningdek sutli sousdagi sabzavotlar (qushqoʻnmas, loviya, qovoq, yashil noʻxat, gulkaram yoki Bryussel karami), smetana yoki maydalangan oq qoʻziqorinlari bilan, yoki sariyogʻda pomidorlar bilan qovurilgan mayda tugʻralgan kolbasa yoki vetchina bilan, shirin taʼm berganda — murabbo bilan tortiladi  SSSRda umumiy ovqatlanish korxonalarida tuxumli boʻtqani oziq- ovqat isitgichlarida saqlashgan.[2][3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Цитата по: Ковалёв Н. И. „Читая А. С. Пушкина“,. Блюда русского стола. История и названия, 10000 экз, СПб.: Лениздат, 1995 — 303 bet. ISBN 5-289-01718-6. 
  2. Александр Ратушный, Саиджон Аминов, Константин Лобанов, Ольга Перфилова. Мучные, творожные и яичные блюда
  3. питание. Книга для родителей

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Л. А. Маслов „Яичная кашка“,. Кулинария, 4-е 200 000 экз, М.: Госторгиздат, 1958 — 212 bet. 
  • Ковалёв Н. И. „Яичницы-глазуньи“,. Блюда русского стола. История и названия, 10000 экз, СПб.: Лениздат, 1995 — 143 bet. ISBN 5-289-01718-6. 
  • „Яичная кашка“,Кулинария. М.: Госторгиздат, 1955 — 575—576 bet. 
  • Ковалёв Н. И., Куткина М. Н., Кравцова В. А. „Яичная кашка (брюи)“,. Технология приготовления пищи, 5000 экз, М.: Издательский дом «Деловая литература», 1999 — 327 bet. ISBN 5-93211-002-3. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]