Turkiya Prezidentlari roʻyxati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiya Respublikasi Prezidenti (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti Cumhurbaşkanı) — Turkiya Respublikasi davlat rahbari hisoblanadi. Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hisoblanadi.

Turkiya Prezidenti
turkcha: Türkiye Cumhuriyeti Cumhurbaşkanı'
Mamlakat: Turkiya
Lavozimdagi ilk shaxs: Mustafo Kamol Otaturk
Amaldagi shaxs: Rejep Tayyip Erdogʻan
Tayinlanadi: 2014-yil 28-avgust
Rahbarlik qiladi: Janob Prezident
Qarorgohi: Prezident saroyi (Anqara)
Vakolat muddati: 5 yil, ikki muddatdan oshmasligi kerak
Sayt: http://www.tccb.gov.tr

Kamol Otaturk 1923-yil Prezidentlik lavozimiga kirishgan. Amaldagi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan hisoblanadi. Erdogʻan bu lavozimga 2014-yilda kirishgan.

Prezident saroyi (Anqara)
Turkiya Prezidenti Erdogʻan. 2018-yil.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1923-yil 24-iyulda Lozanna shartnomasi imzolanishi va Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan xalqaro tan olinishi ortidan 1923-yil 29-oktabrda Usmonlilar imperiyasining vorisi boʻlgan Mustafo Kamol Turkiya Respublikasi tashkil etilganligi eʼlon qilgan. Shu kuni Buyuk Millat Majlisi raisi Mustafo Kamol Posho uning Prezidenti etib saylandi. 1924-yil 3-martda Usmonli xalifaligi tugatilgan[1][2].

1950-yildan 2018-yilning 9-iyuliga qadar Prezident lavozimi asosan tantanali xarakterga ega bo‘lib, Prezident Turkiya Respublikasi vakili bo‘lib, turk millatining birligining ramzi hisoblangan. Prezident Konstitutsiyaning amalga oshirilishini va boshqa davlat organlarining uyg‘un hamkorligini taʼminlaydi. 2017-yilda boʻlib oʻtgan referendumda Turkiya Konstitutsiyasiga 18 ta oʻzgartirish kiritilgan, ular orasida parlament boshqaruv shaklidan prezidentlik respublikasiga oʻtish va Bosh vazir lavozimini toʻgʻridan-toʻgʻri hukumat bilan respublika Prezidentiga boʻysunishini bekor qilish koʻzda tutilgan. Konstitutsiyaning 101-106-moddalarida nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, saylanish tartibi, Prezidentning vazifa va mas’uliyati belgilab qo‘yilgan. Ilgari Prezident Turkiya parlamenti aʼzolari tomonidan saylangan. 2007-yilgi Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartirishdan soʻng, u fuqarolar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri ovoz berish orqali saylanishi belgilab qoʻyilgan (birinchi toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar 2014-yilda boʻlib oʻtgan). Prezident qonun ijodkorligi faoliyatida faol ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlib, parlament tomonidan qabul qilingan qonun loyihalarini qayta ko‘rib chiqish uchun yuborish, qonun loyihalarini muhokamaga qo‘yish, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish, farmonlar chiqarish (bular Konstitutsiyada belgilangan hollarda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda) vakolatlariga ega. Ammo bularning barchasi avvalo mamlakat Bosh vaziri va tegishli vazirlar tomonidan tasdiqlanishi kerak boʻladi. Prezident parlament aʼzolari umumiy sonining kamida 1/3 qismining taklifi va ularning umumiy sonining kamida 3/4 qismi qarori bilan davlatga xiyonat qilgani uchun lavozimidan chetlatilishi mumkin[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „History of The Grand National Assembly of Turkey“. Türkiye Büyük Millet Meclisi. 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. (ingl.)
  2. „Full text of the Treaty of Lausanne (1923)“. Wwi.lib.byu.edu. 2012-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-oktyabr. (ingl.)
  3. [Kampus.beykent.edu.tr. „. Kampus.beykent.edu.tr. 24-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi.“].
  4. Желтов, Максим. „Конституционный референдум в Турции: восход Эрдоганского султаната“. ИнтерИзбирком. 2020-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan.