Turingiya kolbasalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turingiya kolbasalari (nemischa: Thüringer Rostbratwurst) — Germaniyaning Turingiya hududida ishlab chiqariladigan original kolbasa, Yevropa Ittifoqi qonunlariga muvofiq geografik nomi himoyalanganlik maqomiga ega[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turingiya kolbasasi yuz yillardan beri ishlab chiqariladi. U haqida eng qadimgi qaydlar Rudolshtadtdagi Turingiya davlat arxivida saqlanuvchi 1404-yilgi Arnshtadt monastiridan olingan hisobot hujjatida keltirilgan. Bugungi kunda maʼlum boʻlgan eng qadimgi retsept 1613-yilga tegishli va Veymar davlat arxivida saqlanadi, u 1797-yildan „Thüringisch-Erfurtische Kochbuch“ga kiritilgan boʻlib, retseptda dudlangan nav haqida ham tilga olingan[3].

Retsepti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiqarishda faqatgina maydalangan choʻchqa goʻshti, mol goʻshti, baʼzan buzoq goʻshti ishlatiladi. Goʻshtning koʻp qismi yelka atrofidagi ustki sohadan olinadi. Ziravorlar qatorida tuz va murchdan tashqari, zira, mayoran va sarimsoq ishlatiladi. Maxsus ziravorlar aralashmasi anʼanaviy retseptlar yoki mintaqaviy taʼbga qarab farq qilishi mumkin. Tarkibiy mahsulotlarning kamida 51 % Turingiyada ishlab chiqarilgan boʻlishi kerak. Ushbu shart 2012-yilda Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida 2011-yil 22-oktabr[4] da chop etilgan va Germaniyada oʻtkazilgan soʻrovnomadan soʻng bekor qilingan. Tarkibiy mahsulotlar oʻzaro aralashtiriladi va choʻchqa yoki qoʻy ichagi ichiga toʻldiriladi. Turingiya kolbasalari nemis kolbasalarining oʻnlab noyob turlaridan oʻziga xos ziravorlari (shu jumladan mayoran) va tarkibidagi yogʻning kamligi (boshqa kolbasalardagi 60 % ga nisbatan 25 %) bilan ajralib turadi.

Germaniyaning goʻsht qiymasi haqidagi „Hackfleischverordnung“ qonuniga koʻra, xom kolbasa mahsulotlari tayyorlangan kun ichida yoki doʻkon tunda yopilishidan oldin sotilishi kerak. Grilda pishirilgan kolbasalarning yaroqlilik muddati 15 kun, pishrilgandan soʻng darhol muzlatilgan kolbasalar esa 6 oygacha saqlanishi mumkin.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turingiya kolbasasini pishirishning eng yaxshi usuli — uni koʻmirda yoki choʻchqa yogʻi surtilgan grilda qovurishdir. Olov kolbasaning qobigʻi yorilib ketadigan darajada baland boʻlmasligi kerak. Biroq, baʼzi holatlarda uni kuydirish maqsadga muvofiq. Baʼzan qovurish paytida kolbasa ustidan pivo bilan sepib yuboriladi[manba kerak].

Odatda Turingiya kolbasalari kesilgan koʻrinishda xantal bilan birga stolga tortiladi.

Madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turingiya aholisi uchun qovurilgan kolbasalar shunchaki mahalliy oshxona yeguliklaridan biri emas. Turingiya madaniyati asosini gril tashkil qiladi. Odatda grilni sovutish uchun suv oʻrniga pivo ishlatiladi, uning turini tanlash esa har kimning oʻziga havola. Mahalliy xantal Turingiya kolbasasi uchun anʼanaviy ziravor hisoblanadi. Odatda buning uchun Erfurtdagi mahalliy oziq-ovqat kompaniyasining „tabiiy xantal“ini tanlashadi. Baʼzi hududlarda kolbasaga hech qanday ziravor, hattoki xantal qoʻshish mumkin emas. Sharqiy Turingiyada koʻpincha Bautsner xantalini isteʼmol qilishadi[5].

2006-yilda Arnshtadt yaqinidagi Vaksenburggemeyndning bir qismi boʻlgan Xoltsxauzen shahrida Germaniya bratvurstmuzeumi ochildi, bu Turingiya kolbasalariga bagʻishlangan birinchi muzey hisoblanadi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Europäische Union (Hrsg.): Veröffentlichung eines Änderungsantrags gemäß Artikel 6 Absatz 2 der Verordnung (EG) Nr. 510/2006, abgerufen am 8. Februar 2014. In: Amtsblatt der Europäischen Union
  2. Eintrag in der Datenbank DOOR der EU.
  3. Thüringer Rostbratwurst
  4. Europäische Union (Hrsg.): Veröffentlichung eines Änderungsantrags gemäß Artikel 6 Absatz 2 der Verordnung (EG) Nr. 510/2006, abgerufen am 8. Februar 2014. In: Amtsblatt der Europäischen Union.
  5. Bautz’ner schreibt Geschichte
  6. "1. Deutsches Bratwurstmuseum" (in German). Freunde der Thüringer Bratwurst e.V. Retrieved 2009-03-19.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]