Tugʻma soxta boʻgʻim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amniotik bitishmalarda qo‘l va oyoq yoki barmoqlarning tug'ma segment bo‘ylab doira shaklida, kam xollarda qo‘l va oyoq aylanasining yarmigacha, yumshoq to‘qimalarning ipsimon botgan suyakkacha botishi. Tug'ma soxta bo‘g‘im — diafiz bo‘ylab xarakatchanlik bo‘lgan uzun naysimon suyakning tug‘ilishidan boshlab paydo bo‘lgan nuqsondir. Buning paydo bo‘lish sababi skeletda suyakka aylanish nuqsoni — tolasimon biriktiruvchi to‘qima osteodisplaziyasidir[1].

Etiologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qo‘l va oyoqning rivojlanish nuqsonlarining etiologiyasi har xil. Ektromiyeliya, poli va sindaktiliyalarning[2] nasldan-naslga o‘tishi aniqlangan. Qo‘l uchun ekzogen omilning xavfli taʼsir etish davri embrion o‘sishining 3-7 haftasiga to'g'ri keladi.

Tashxis[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashxis qo'yish unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi, naysimon suyaklarda, ko‘proq boldirda patologik xarakatning bo‘lishi bilan aniqlanadi, suyak o‘qi bo‘ylab oyoqni bosish mumkin emas, chunki boldirning pastki uchdan bir qismi buralib, tayanish kobiliyati yo‘qoladi. Mushaklari atrofiyaga[3] uchraydi. Qo‘l va oyoqning o‘sishdan qolishi kuzatiladi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faqat jarroxlik yo‘li bilan olib boriladi. Murakkab jarroxlik usullari, suyak transplantatlarini kompression osteosintez[4] bilan birgalikda qo‘llab, Ilizarov, Volkov-Oganesyan, Kalnberz va boshqa apparatlaridan foydalaniladi. Bir vaqtning o‘zida kaltalikni, qo‘l va oyoqning yoyyga aylanma siljishini yo‘qotish uchun distraksion epifizeoliz va blokal osteosintez (Ilizarov bo‘yicha) usulidan foydalaniladi. Asta-sekin, bir vaqtning o‘zida (sutkasiga 1 mm) cho‘zish boldir suyaklarining distal va proksimal uchlaridan, o‘sish sohasidan yoki metafizar qismidan osteotomiyadan keyin amalga oshiriladi.

Prognoz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzoq vaqt davom etadigan jarrohlik amaliyotidan keyin bemorda ijobiy o'zgarishlar kuzatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Травматология и ортопедия. Травматология и ортопедия. Юмашев Г.С
  • Шаповалов В.М., Грицанов А.И., Ерохов А.Н. (ред.) Травматология и ортопедия