Kontent qismiga oʻtish

Tsamiko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tsamiko (grekcha: Τσάμικος, Tsamikos) yoki Kleftikos (grekcha: Κλέφτικος) — Gretsiyaning mashhur anʼanaviy xalq raqsi, 3/4 traktli musiqa ostida ijro etiladi.

Yunonistonning mustaqillik urushi vaqtida Tsamiko raqsga tushgan erkaklar

Raqsda qadamlarga emas, balki raqsga tushuvchining „raqsga nisbatan munosabati, uslubi va nafisligi“ ga urgʻu bergan holatda, qattiq va sekin tempda davom etadi. Raqqoslar bir-birlarini qoʻllaridan ushlab, tirsaklarini 90 darajalik burchak ostida yuqoriga qaratib bukadilar. Bu kuchli qoʻl holatini talab qiladi, ayniqsa yuqori akrobatik sakrashlarni amalga oshiradigan chiziqning (yoki doiraning) asosiy tayanch nuqtasi boʻlgan birinchi yoki oxirgi shaxsning (odatda ular havoga koʻtarilayotganda oʻng oyogʻini, keyin chap oyogʻini (qaychi kabi harakatda) yuqoriga koʻtarib sakraydilar, yerga tushishdan oldin esa qoʻllarining orqa tomoni bilan chap oyoqlariga urishadi) qoʻllaridan tutib turgan raqqosga kuchli ogʻirlik tushadi. Raqs bosqichlar nisbatan oson, lekin aniq va qatʼiy harkatlardan iborat boʻlishi kerak. Raqqos kuchli zarbaga javoban oyogʻiga urib qoʻyishi ham mumkin. Baʼzi bir improvizatsiya raqslarida va raqqoslarni mamlakatning aynan qaysi hududidan kelganligiga qarab, qadamlar holatining oʻzgarishlari kuzatiladi. Vaqt oʻtishi bilan raqs elementlari koʻplab oʻzgarishlarga duch kelgan. Ilgari u faqat erkaklar tomonidan ijro etilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda erkaklar ham, ayollar ham raqsda ishtirok etishadi.

Tsamiko nomi tom maʼnoda Chameriya yoki Chams raqsi degan maʼnoni anglatadi[1][2]. Shveytsariyalik musiqashunos Samuel Baud-Bovyning taʼkidlashicha, yunon Tsamiko raqsi Cham albanlari ichida ijro etilmagan[3]. Uning muqobil nomi Kleftikos soʻzma-soʻz tarjimada Kleftlar raqsi degan maʼnoni beradi, U Yunonistonning mustaqillik urushi (1821-1830) paytida jang qilgan kleftlar tomonidan ijro etilganligi sababli ham shunday nomlangan[4]. Tsamiko deyarli faqat erkaklar ijro etadigan raqs turi boʻlgan. Bugungi kunda Tsamiko — festivallar va toʻylarda mashhur raqs turi sifatida ommalashgan, ayniqsa Markaziy Gretsiya, Peloponnese, Thessaly, shuningdek, Epirning qishloq hududlarida uning sekinroq ijro etiladigan versiyasi keng tarqalgan[5]. Baʼzan raqqos va raqqosalar anʼanaviy yunon fustanellasini kiyib oladilar. Ushbu raqs 1821-yilda Gretsiya mustaqillik urushi boshlanganligi eʼlon qilingan kun kabi milliy voqealarni nishonlash uchun ijro etiladi.

Markaziy Gretsiyada (Roumeli) ijro etiladigan Tsamiko ushbu raqs janrining standart versiyasi sifatida qabul qilinadi va butun Gretsiyada mashhur[6]. Markaziy Gretsiyada Tsamiko eng mashhur xalq raqsi hisoblanadi[7]. Peloponnesda Tsamiko va sirtos raqslari eng mashhur xalq janrlaridir[7]. Tsamiko Mani mintaqasida Arvanitikos nomi bilan tanilgan[8]. Epirning Ioannina va Thesprotia mintaqalarida Tsamiko juda mashhur[6]. Umuman olganda, Epirliklarning Tsamiko raqsi Markaziy Gretsiyadagi Tsamiko bilan solishtirganda sekinroq tempni saqlab qolganligi bilan ajralib turadi[9]. Epir raqslari boʻlgan Kleftes va Perdikomata baʼzan Tsamikoning muqobil variantlari sifatida etirof etiladi[10], ammo bu Gretsiya xalqi tomonidan toʻliq qabul qilinmagan, chunki ular alohida janrlar sifatida tasniflangan[11]. Epirning Zagori mintaqasidagi raqs janrlarining umumiy tasnifi boʻlgan Usmon taka raqsi va Beratini ham Tsamikoning oʻzgargan versiyasi sifatida tasniflash mumkin[12].

Tsamiko Epirning asosiy raqs janrlaridan biri boʻlsa-da, mahalliy diskografiyadagi eng mashhur folklor janrlari qatoriga kirmaydi[13].

Raqsning koʻplab mintaqaviy, xoreografik, musiqiy oʻzgarishlarga uchragan versiyalari va nomlari mavjudligi tufayli „haqiqiy“ Tsamikoning taʼrifi aniq emas[ iqtibos kerak ].

  1. Lenis, 2009, p. 20: „Ο τσάμικος Ηπείρου …τον σημερινό Καλαμά).“
  2. Sugarman, Jane. Music and gender: Perspectives from the Mediterranean Magrini: . University of Chicago Press, 2003 — 89–90-bet. ISBN 9780226501666. 
  3. Samuel Baud-Bovy, Phoibos Anōgeianakēs. {{{title}}}. Peloponnēsiako Laographiko Hidryma, 1984 — 34-bet. „Τον ελληνικό Τσάμικο δε φαίνεται να τον χορεύουν οι Αρβανίτες Τσάμηδες, ενώ έχουν χορούς σε 5/4 
  4. Mouzaki, Rozanna. Greek dances for Americans (en). Doubleday, 1981 — 55-bet. ISBN 9780385140416. „It is also called Kleftikos because it was danced by the fighters and rebels (Klefts) of the Greek Revolution of 1821 against the Turks.“ 
  5. Hellander Paul, Armstrong Kate. Greece. Lonely Planet, 2006 ISBN 978-1-74059-750-0, p. 67.
  6. 6,0 6,1 Lenis, 2009, p. 24
  7. 7,0 7,1 Romaios, Kostas. {{{title}}} (el). Βιβλιοπωλειον της Εστιας Ι.Δ. Κολλαρου, 1980 — 306-bet. „Στη Ρουμελη κυριαρχεί π.χ. ό τσάμικος, στα νησιά οί συρτοί. Στο Μοριά συνυπάρχουν, σέ αρμονική ποσοτική αναλογία, καΐ ό τσάμικος και οί συρτοί. 
  8. Moraitis, Thanasis „Η αρβανίτικη γλώσσα στα παραδοσιακά τραγούδια“, . Ετερότητες και Μουσική στα Βαλκάνια. Εκδόσεις ΤΕΙ Ηπείρου – ΚΕΜΟ, 2008 — 32-bet. ISBN 9789608932326.  "Ας σημειωθεί ότι ο Τσάμικος χορός στη Μάνη λέγεται „Αρβανίτικος“."
  9. Lenis, 2009, p. 23
  10. Lenis, 2009, p. 34
  11. Bellos. „Κόνιτσα Ιωαννίνων“. Work published in the 18th World Meeting in Dancing Research. 2014-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
  12. Sokratis. „ΤΕΙ of Ionian Islands“ (el) (2013-yil 1-yanvar). 2017-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
  13. Lenis, 2009, p. 46
  • M. and R. Schiel, Volkstänze aus Griechenland. Romiosini 1995.