Trần Đức Lương

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liong Chan Dik (1937.5.5, Vyetnam, Kuang Ngay provinsiyasi) — Vyetnam Sotsialistik Respublikasi (VSR) davlat arbobi. Xanoy geol. qidiruv institutini (1969), SSSR xalq xoʻjaligi akademiyasini (1981) tugatgan. 1955 yildan geol. qidiruv partiyalarida texnik, Vyetnam geologlari kasaba uyushmasi ijroiya qoʻmitasi aʼzosi, Vyetnam geologlari kasaba uyushmasi raisi oʻrinbosari, 1970 yildan Geol. xaritalari boshqarmasida boshliq oʻrinbosari va partiya qoʻmitasi doimiy aʼzosi, 1976 yildan Nguyen Ay Kuok nomidagi Oliy partiya maktabi ting-lovchisi, 1977 yildan Geol. xaritalari birlashmasi boshligʻi oʻrinbosari, boshligʻi, 1979 yildan Geol. bosh boshqarmasi bosh direktori, partiya qoʻmi-tasi kotibi, 1987 yildan Vyetnam Vazirlar kengashi raisi oʻrinbosari, Milliy majlis deputati, VSRningʻ Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashidagi doimiy vakili, 1992 yildan VSR bosh vaziri oʻrinbosari, 1996 yil Vyet-nam KP MK Siyosiy byurosi aʼzosi. 1997 yil 24 sentabrdan VSR prezidenti. Vyetnam KP 5 —9-sʼyezdlarida MK aʼzosi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]