Troy Schwab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Troy Schwab
Tugʻilgan joyi 24-dekabr 1984-yil (1984-12-24) (39 yosh)
Kindersley, Saskatchewan, Kanada
Boʻyi 5 ft 8 in (173 cm)
Ogʻirligi 190 lb (86 kg; 13 st 8 lb)
Pozitsiyasi Markaziy oʻyinchi
Maydondagi joylashgan oʻrni Chap qanot
Oʻynagan jamoalari Johnstown Chiefs
Wichita Thunder
Eispiraten Crimmitschau
Denver Cutthroats
Toledo Walleye
NHLga kirish drafti Tanlanmagan
Jamoalardagi faoliyat 2009—2015

Troy Schwab (talaffuzi: Troy Shvab, 1984-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — Kanadalik sobiq professional xokkeyning markaziy oʻyinchisi, ECHL va Markaziy Xokkey Ligasida oʻynagan. Hozirda u Greenville Swamp Rabbits jamoasida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Schwab birinchi boʻlib oʻzining tugʻilgan shahri jamoasi Kindersley Klippers bilan xokkey oʻynagan. 2005-yilda liganing eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan.

Keyin Schwab Qoʻshma Shtatlarda Markaziy Xokkey Assotsiatsiyasining Lake Superior shtat universiteti jamoasida xokkey oʻynashga qaror qilgan. U 2005—2006-yilgi mavsumda 28 ochko toʻplagan. Ikkinchi kursdayoq yetakchilar guruhiga qoʻshilgan Schawb oʻzining muvaffaqiyatli yilida jamoa sardori boʻldi. U oʻzining toʻrt yillik kollejdagi faoliyatini 150 oʻyinda 110 ball toʻplagan holda yakunlagan.

Schwab 2010-yil 20-oktyabrda Wichita Thunder jamoasi bilan Markaziy Xokkey Ligasida ishtirok etish uchun shartnoma imzolagan[1]. U 2010—2011-yilgi mavsumda 54 oʻyinda 55 ochko toʻplagan. Schwabni 2011-yil 26-iyunda Thunder jamoasi Chris Whitley evaziga Allen Americans jamoasiga transfer qilgan[2].

Schwab 2011-yilning 1-avgustida Germaniya 2-Bundesligasining ETC Crimmitschau jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[3]. 2011—2012-yilgi mavsumda u gol urish boʻyicha jamoa yetakchilaridan biri boʻlgan. Mavsum davomida u 45 oʻyinda 45 ochko toʻplagan.

Schwab Germaniyadagi mavsumini yakunlaganidan soʻng Shimoliy Amerikaga qaytgan va CHLning Denver Cutthroats klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[4].

Schwab Cutthroats jamoasi bilan ikki muvaffaqiyatli mavsumdan soʻng, 2014-yil 8-avgustda ECHLning Toledo Walleye jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[5]. 2014—2015-yilgi mavsumda Schwab 70 ta oʻyinda 60 ochko toʻplagan holda hujumkor yetakchi rolini davom ettirgan. U 21 ta bahsda 22 ochko toʻplagan.

2015-yil 12-iyulda Schwab professional xokkeydagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xokkeychi statistikasi qisqartmalar ma'nolari
 GP  Oʻynalgan oʻyinlar  G  Gollar  A  Uzatmalar  Pts  Jamoa toʻplagan ochkolari  PIM  Penalti uchun
belgilangan daqiqalar
Doimiy mavsum Pley-off
Mavsum Jamoa Liga GP G A Pts PIM GP G A Pts PIM
2001—2002 Kindersley Klippers SJHL 61 28 40 68 57
2002—2003 Kindersley Klippers SJHL 60 25 41 66 103
2003—2004 Kindersley Klippers SJHL 55 29 36 65 82
2004—2005 Kindersley Klippers SJHL 51 25 60 85 162
2005—2006 Lake Superior State U. CCHA 34 8 16 24 18
2006—2007 Lake Superior State U. CCHA 41 6 24 30 30
2007—2008 Lake Superior State U. CCHA 36 6 18 24 24
2008—2009 Lake Superior State U. CCHA 39 11 21 32 30
2009—2010 Johnstown Chiefs ECHL 67 18 35 53 75
2010—2011 Wichita Thunder CHL 54 19 36 55 71 5 2 1 3 2
2011—2012 ETC Crimmitschau 2.GBun 45 19 26 45 78
2012—2013 Denver Cutthroats CHL 66 21 60 81 48 5 0 4 4 4
2013—2014 Denver Cutthroats CHL 66 25 71 96 81 16 8 15 23 30
2014—2015 Toledo Walleye ECHL 70 19 41 60 35 21 8 14 22 21
CHLdagi ochkolari yigʻindisi 186 65 167 232 200 26 10 20 30 36

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofot Yil
SJHL birinchi yulduzlar jamoasi mukofoti 2005
SJHLning eng qimmat oʻyinchisi 2005 [7]
Birinchi yulduzlar jamoasi 2013—2014 [8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Thunder sign Schwab from ECHL“. Central Hockey League (20-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
  2. „Wichita lands top line goalie in deal with Allen“. Central Hockey League (26-iyun 2011-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
  3. „Eispiraten acquire fifth quota player in Schwab“ (olmoncha). ETC Crimmitschau (1-avgust 2011-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
  4. „Cutthroats boots forward line by signing Gale, Schwab“. Denver Cutthroats (7-avgust 2012-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
  5. „Toledo Walleye sign CHL forward Troy Schwab“. bcsn.tv (8-avgust 2014-yil). 3-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2022-yil.
  6. „Officially announce retirement today“. Twitter (12-iyul 2015-yil). Qaraldi: 12-iyul 2015-yil.
  7. „LSSU recruit leads SJHL in scoring“. Lake Superior State University (15-mart 2005-yil). 2-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2013-yil.
  8. „All-CHL Team Announced“. Central Hockey League (1-may 2014-yil). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2014-yil.