Tripoli viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tripoli viloyati (usmon . wlạyt ṷrạbls gạrb, Viloyat-i Trāblus-i Ġarb) – 1864-yilda oʻtkazilgan maʼmuriy islohot natijasida Usmonli viloyati oʻrniga Tripoli viloyati tashkil etilgan.

Gʻarbdagi Tripoli viloyati
Usmonli imperiyasining viloyati
1864–1912 yillar
Tripoli viloyati (1900)
Markaz Tripoli
Tarix
 – Tashkil etish 1864 yil
- Tripoli urushi 1912 yil 18 oktyabr
Hudud
 – 1900 1 051 000 km 2 (0 kv mil)
Aholi
 – 1900 1 000 000
Intensivlik 1/km2 ( 2,5/kv mi)
Hozirgi joylashuvi Liviya

Viloyat tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1864-yilda Tripoli viloyatini tashkil qilish toʻgʻrisida nizom qabul qilingan. Viloyatni markaz bilan aloqalarini doimiy faol yuritish maqsadida doimiy tarrzda markazdan maʼmuriyat vakillari saylangan. Usmonlilar imperiyasining oxirgi davrlarida Tripoli Usmonlilar imperiyasi tomonidan tayinlangan gubernatorlar tomonidan boshqarilgan. 1908-yilda Mustafo Kamol mintaqadagi qabilalarning qoʻzgʻolonini bostiradi. [1] Tripoli Italiya hukmronligi ostiga tushgunga qadar uni jami Usmonlilar tomonidan tayinlangan 33 nafar gubernator boshqargan.

1911- yilida Italiya Tripoliga urush boshlaydi. Usmonli imperiyasi 100 000 kishilik Italiya armiyasiga qarshi 25 000 kishilik armiya bilan Tripolini himoya qilishga harakat qiadii. Usmonli qoʻshiniga mahalliy mazhab – Sanusiy tariqatgaiamal qilivchilar ham yordam berishadi. Lekin Italiyaliklarni toʻxtatish imkoniyati boʻlmaydi ular shaharga kirishadi va bosib olishadi.. 1912-yil 15-oktabrda Shveytsariyaning Ushi shahrida tuzilgan shartnomaga koʻra shahar Italiyaliklarga beriladi. Tripoli jangi dunyoda birinchi marta harbiy samolyotlardan foydalanilagan.

Viloyat maʼmuriy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1866-1877 yillarda viloyat sanjaklari
Tripoli Sanjak, Homs Sanjak, Cebel-i Garbi Sanjak, Fezzan Sanjak, Bingʻozi Sanjak
1877-1908 yillarda viloyat sanjaklari
Tripoli Sanjak, Hums Sanjak, Jebel-i Garbi Sanjak, Fezzan Sanjak
  • Tripoli sanjagi – Tripoli viloyatining markaziy sanjagi. Tripoli Sanjagining tumanlari – Qiziloʻgʻlu Başagaligi, Giryan, Urfelle, Terhune, Zaviye va Açlat. [2]
  • Fizan Sanjak – Tripoli viloyatining sanjagi. Fizan Sanjak tumanlari: Sebha, Reshade, Kavar, Asben, Fizan, Sokna, Sâti va Gat. [2] Fezzanning koʻp qismi choʻllardan iborat boʻlganligi sababli, Usmonli imperiyasi odatda Fezzan Sanjagini surgun joyi sifatida ishlatgan.
  • Homs Sanjak – Tripoli viloyatidagi sanjak. Xoms-Sanjak tumanlari: Xums, Misrata, Zletin, Sirt va Mislata. [2]
  • Cebel-i Garbiye Sanjak – Tripoli viloyatiga qarashli sanjak. Usmonli imperiyasining soʻnggi davrlarida Sanjak bey Ragʻip bek edi. [3] Cebel-i Garbiye Sanjak tumanlari Cebel-i Garbi, Gadamis, Nalut, Fasato va Havzdir.
  • Bengʻozi Sanjagi – Tripoli viloyatining sanjagi. 1877 yilda Tripoli viloyatidan ajralib, mustaqil sanjakka aylandi. [4]
Shtab-mayor Mustafo Kamol Tripoli urushi paytida badaviy mujohidlar oldida oʻz buyrugʻini aytib beradi (1912)

Aholi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholi
tripoli
Yil Aholi
1867 yil 750 000
1890 800 000
1900 1 000 000
Y&G

Xizmat qilgan gubernatorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mahmud Nedim Bey (1860-yil avgust – 1867-yil aprel)
  • Hasan posho (1867-yil aprel – 1867-yil iyul)
  • Jazoir Ali Rizo Posho (1867-yil iyul – 1870-yil may) (1-marta)
  • Mustafo posho (1870-yil may – 1870-yil iyun)
  • Mehmet Halet Posho (1870-yil iyun – 1871-yil sentyabr)
  • Bostancıbaşızade Mehmet Reshit Posho (1871-yil sentyabr – 1872-yil aprel)
  • Jazoir Ali Rizo Posho (1872-yil aprel – 1873-yil iyun) (2-marta)
  • Hasan Samih Posho (1873-yil iyun – 1874-yil noyabr)
  • Mustafo Asim Posho (1874-yil noyabr – 1875-yil fevral) (2-marta)
  • Fosfor Mustafo Sitqi Posho (1875-yil fevral – 1877-yil avgust)
  • Mehmet Jelalettin Posho (1877)
  • Söylemezogʻlu Ali Kemali (1877-yil dekabr – 1878-yil fevral)
  • Mehmet Sabri Posho (1878-yil fevral – 1879-yil iyul)
  • Ahmad Izzet Posho (1879-yil iyul – 1880-yil may)
  • Mehmed Nazif posho (1880-yil may – 1881-yil oktyabr)
  • Ahmad Rasim Posho (1881-yil oktyabr – 1896-yil iyun)
  • Nemik Bey (1896-yil iyun – 1899-yil mart)
  • Hochim Bey (1899-yil mart – 1900-yil iyul)
  • Hofiz Mehmet Posho (1900-yil iyul – 1903-yil dekabr)
  • Hasan Husnu Posho (1903-yil dekabr – 1904-yil may)
  • Abdurahmon Bey (1904-yil may – 1904-yil avgust)
  • Rajab Posho (1904-yil avgust – 1908-yil avgust)
  • Ahmet Fevzi Posho (1908-yil dekabr – 1909-yil avgust)
  • Huseyin Husnu Posho (1909-yil avgust – 1910-yil avgust)
  • Ibrohim posho (1910-yil avgust – 1911-yil 5 noyabr)
  • Neshet Bey (1911-yil noyabr)
  • Bekir Samih Bey (1911 – 1912-yil noyabr)
  • ……… (1912 – 1915)
  • Usmon Bey (1915 – 1917)
  • Nuri Bey (1917 – 1918)
  • Ishoq Bey (1918)
  • Usmon Fuat Bey (1918 – 16 noyabr 1918)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Atatürk Araştırma Merkezi Başkanlığı“. 10 aralık 2011da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29 mayıs 2008.
  2. 2,0 2,1 2,2 Devlet-i Aliyye-i Osmaniyyeʼnin Bin Üçyüz Onüç Senesine Mahsus İstatistik-i Umumîsi, İstanbul, Alem Matbaası, 1316/1900
  3. Dr. Abdülmecit Mutaf. Salnâmelere Göre Karesi (1847-1922), (2003) Zağnos Kültür ve Eğitim Vakfı, sf.141,169.
  4. Hale Şıvgın, Erling Karlberg „Trablusgarp Savaşı ve 1911-1912 Türk-İtalyan ilişkileri“, sf.9, Türk Tarih Kurumu Basımevi (1989).