Tripoli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tripoli, Tarabulus alGʻarb — Liviya poytaxti. Oʻrta dengiz sohilida. Aholisi 595 ming kishi (1990-y.lar boshlari). Iqlimi subtropik, quruq. Oʻrta dengiz atrofiga xos iklim. Yanv.ning oʻrtacha trasi 12°, iyulniki 27°. Yillik yogin 370 mm.

T. — mamlakatning eng yirik shaxri, savdosanoat va moliya markazi. Yirik dengiz porti. Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. T.da mamlakat sanoat korxonalarining 3/4 qismi joylashgan. Toʻqimachilik, koʻnteri, neftni kayta ishlash, oziq-ovqat (un tortish, baliq konservalash, tamaki, yogʻmoy) sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda gilam, kiyim, poyabzal, badiiy buyumlar tayyorlanadi. Dengizdan baliq ovlanadi. Unt, tabiat tarixi va arxeologiya muzeylari, teatr bor. T.da har yili xalqaro yarmarka oʻtkaziladi.

Qadimda T. oʻrnida finikiyaliklarning koloniyasi Ea sh. boʻlgan. Ularning Ea, Sabrata va LeptisMagna koloniyalari "Tripolis" (yun. "Uch shahar") deb atalgan. Keyinchalik Ea shu nom bilan atala boshlagan. Mil. av. 105 y.dan Rim, mil. 5-a.da vandallar, 6—7-a.larda Vizantiya qoʻl ostida boʻlgan. 643 y.dan arablarga oʻtgan. 1551 — 1911 y.larda Usmonli turk saltanati tarkibida boʻlgan. 1911 y.da Italiya qoʻshinlari bosib olgan. 1943 y.da shaharni inglizlar egallagan. 1951 y. dek.da Liviya mustaqillikka erishgach, T. uning poytaxti.

Meʼmoriy yodgorliklardan Mark Avreliy zafar arki (164 y.), qalʼa (16-a.), qirol saroyi, masjidlar saqlangan.