Travmatologiya va ortopediya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Travmatologiya va ortopediya instituti, Oʻzbekiston travmatologiya va ortopediya ilmiy tadqiqot instituti — Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqotlar muassasasi. 1932 yilda Toshkent shahrida Ortopediya, travmatologiya va suyak sili ilmiy tadqiqotlar instituti ochilib urush davrida yopilgan edi. 1946 yilda hozirgi nomda qaytadan tashkil etilgan.

Institutning 200 oʻrinli kasalxonasida 8 klinik (kattalar va bolalar oʻtkir jarohatlari, kompressiondistraksion osteosintez, kattalar, oʻsmirlar va bolalar ortopediyasi, vertebrologiya, anesteziologiya va reanimatsiya) va 3 ilmiy boʻlim, 9 laboratoriya, klinik ordinatura, ilmiy kutubxona, travmatologik tez yordam punkti va boshqa bor (2004). Institut xodimlari kattalar va bolalarda suyak chiqishlarini joyiga solish, singan suyak boʻlaklarini ulash (osteosintez qilish), jarohatlangan paylar va muskullarni tiklash, shuningdek, yirik boʻgʻimlarning degenerativdistrofik kasalliklari, suyak kaltaligi va qiyshiqligi, umurtqa jarohatlari va kasalliklari, bolalarda uchraydigan tugma kasalliklarni davolash ustida ish olib boradi. Institut faoliyati M. S. Astrov, I. I. Orlov, O. Sh. Shokirov, N. M. Shomatov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.

Mustaqillik yillarida institutda yirik boʻgʻimlarni endoprotezlash, tizza boʻgʻimi artroskopiyasi, umurtqaning rekonstruksiyasi va transpedikulyar fiksatsiyasi, sterjenli osteosintez kabi eng zamonaviy davolash usullari, kompyuterli va magnitrezonansli tomografiya, ultratovush tekshiruvi singari noyob diagnostika usullari keng tatbiq qilindi. Shuningdek, ogʻir jarohatlarda bemor gomeostazidagi oʻzgarishlar, osteoporoz va qariyalarda suyak moʻrtligi muammosi boʻyicha fundamental tadqiqrtlar oʻtkazildi, yirik boʻgʻimlar artrozi va revmatoid artritni ortopedik davolash, umurtqa nostabilligini toʻgʻrilash, bolalarda son suyagining tugʻma va patologik chiqishlarida rekonstruktiv operatsiyalar, suyaklar deformatsiyasini toʻgʻrilash, kalta suyaklarni choʻzish, son suyagi proksimal qismining , uzun suyaklar diafizining , bolalar tirsak boʻgʻimining jarohatlarida stabilfunksional osteosintez qilish kabi dolzarb mavzularda ilmiy tadqiqotlarlar oʻtkaziladi.

Institutning konsultativ poliklinikasida suyakboʻgʻimlar jarohatlari va kasalliklari boʻyicha tibbiy maslahat yordami koʻrsatiladi. Rentgenologiya, klinikbiokimyo, elektrofiziologiya va biomexanika laboratoriyalari zamonaviy asbobuskunalar bilan jihozlangan. Institutning metodiktashkiliy boʻlimi Oʻzbekistonda travmatologiya va ortopediya xizmatining holatini doimiy monitoring qiladi va takomillashtirish yoʻllarini ishlab chiqadi.

Institutda 70 dan ortiq malakali travmatologortoped olimlar, shu jumladan, 10 fan doktori va professor, 30 fan nomzodi xizmat qiladi (2004). Institut ilmiy toʻplam, monografiya, qoʻllanma va ommabop risolalar nashr etadi, ilmiy anjumanlar va amaliy seminarlar uyushtiradi. TRAGEDIYA (yun. tragos — echki, ode — qoʻshiq; tragodia — echki qoʻshigʻi) — doktoramatik tur janrlaridan biri. T. qahramonlar oʻrtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi; undagi qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi. T.da voqelik ancha jiddiy, ichki qaramaqarshiliklar oʻtkir tarzda tasvirlanadi; konflikt shiddatli va keskin tuye oladi. T. badiiy gʻoyani ifodalovchi qahramonlar xarakterining yorqinligi, ichki harakatning yuksakligi hamda personajlararo konfliktning kuchliligi bilan oʻziga xoslik kasb etadi. T. nin g janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. T. jahon adabiyoti tarixida mavjud barcha ijodiy metodlarda janr sifatida oʻz mohiyatini sakdab qoldi; ayni chogʻda yangidanyangi imkoniyatlari yuzaga chikdi. Garchand T.da kaxramonlarning takdiri fojia bilan yakun topsa ham, ushbu mohiyatida T. optimistik pafos, adolat va haqiqatning qaror topishi, kjsak insoniy tuygʻularning maromiga yetkazib tarannum etilishi bilan ajralib turadi.

T.ning paydo boʻlishi antik davr marosimlariga borib taqaladi. Yunonlar "maʼbud" Dionis sharafiga echki soʻyib, bayram tomoshalari oʻtkazganlar. "T." soʻzidagi "echki qoʻshigʻi" degan lugʻaviy maʼno oʻsha marosimlarga daxldor. Mil. av. 5-asrga kelib, yunon T.si kamolat bosqichiga koʻtarildi: Esxil ("Zanjirband Prometey"), Sofokl ("Shoh Edip"), Yevripid ("Elektra") kabi antik davr adabiyoti namoyandalari T. rivojiga ulkan hissa qoʻshdilar.

Gʻarbda T. Uygʻonish va undan keyingi asrlarda ham rivoj topdi. Xususan, Lope de Vega, Kalderoy (Ispaniya), V. Shekspir (Angliya), L. Korpel, J. Rasin, Volter (Fransiya), F. Shiller, I. V. Gyote (Germaniya), A. S. Pushkin (Rossiya) kabi ijodkorlar ijodida T. janrlari oʻzining yuksak imkoniyatlarini namoyon qildi. Oʻzbek adabiyotida esa T.ning goʻzal namunalari A. Fitrat ("Adulfayzxon"), M. Shayxzoda ("Jaloliddin Manguberdi", "Mirzo Ulugʻbek") lar tomonidan yaratildi.