Transsudat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Transsudat (lot.trans – orqali va sudor – ter) qon va limfa aylanishi buzilishi tufayli tana boʻshliqlarida toʻplanadigan shishli suyuqlik. Transsudat yalligʻlanish jarayonisiz hosil boʻladigan suyuqlik va bu uni ekssudatdan ajratib turadigan asosiy xususiyati. Transsudatsiya- qon aylanish buzilganda, qon tomirlarda qon dimlanib ,bosim ortganda, kapilyar va venulalarning oʻtkazuvchanligi oshganda shu qon tomirlarning terlashi- plazma suyuqligining tana boʻshligʻiga oqib chiqishi.U yallig'lanishli ekssudatdan asosan past protein miqdori bilan farq qiladi (2% dan ko'p bo'lmagan; oqsil kolloidlari bilan yomon bog'lanadi).