Toshkent — Andijon — Oʻsh — Qashqar avtomobil yoʻli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Toshkent — Andijon — Oʻsh — Qashqar avtomobil yoʻli Angren shahri yuqoriroqda

Toshkent — Andijon — Oʻsh — Qashqar avtomobil yoʻli - xalqaro ahamiyatli yoʻl, umumiy uz. 940 km. Oʻzbekiston (408 km), Qirgʻiziston (272 km), Xitoy (260 km) hududlaridan oʻtadi. Yoʻlda dengiz sathidan turlicha balandlikda boʻlgan 6 ta dovon bor. Shundan Oʻzbekistonda Kamchiq (dengiz sathidan 2268 m) va Rezak (2254 m) dovonlarida tunnellar qurilgan (qarang Kamchiq dovoni). Qirgʻiziston hududida Chayirchiq (2406 m), Toldiq (3645 m), Taunmurun (3536 m) dovonlari osha oʻtiladi. Qadimda Buyuk ipak mulining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblangan karvon yoʻli boʻlgan. 20-asrning 30-yillarida ilk bor muhandislik inshooti koʻrinishida, uni kesib oʻtuvchi daryo va soylarga koʻprik va quvurlar qurilib, yer poyining kengligini 8 m ga yetkazib, qatnov qismiga shagʻaltosh qoplama yotqizilgan va butun yoʻl yoʻnalishi boʻylab yoʻlni saqlash xizmati tashkil qilingan, shu davrdan boshlab xalqaro ahamiyatli avtomobil yoʻliga aylandi.

1960—70-yillar oraligʻida yoʻldagi transport qatnovining ortib borayotganligi hisobga olinib, yoʻlning parametrlari (kengligi) III—IV toifaga (10–12 m)ga keltirilib, tegishli zaruriy qismlariga asfaltbeton va qora toʻshamalar yotqizilib, qayta taʼmirlangan.

20-asr oxiriga kelib yoʻlning xalqaro ahamiyati kuchaydi. 1997 y. 24—28 aprel

da Toshkent shahrida 18 mamlakat ishtirokida yoʻlni taʼmirlash, undan foydalanish va shu yoʻnalishda t.y. kurish masalalariga bagʻishlangan xalqaro kengash oʻtkazildi. 1998 y. 19 fevral

da Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Xitoy hukumatlari oʻrtasida T. — A. — Oʻ. — Toshkent — Andijon — Oʻsh — Qashqar avtomobil yoʻliyilda xalqaro avtomobil transporta qatnovi toʻgʻrisida bitim imzolanib, yoʻl qurilishi boshlandi.

Avtomobil yoʻlidagi yillik urtacha transport qatnovi jadalligi yoʻlning turli uchastkalarida turlicha: Oʻzbekiston xududida Toshkent — Oʻsh oraligʻida 10000—19000 avtomobilGʻ kun; Oʻsh—Saritosh oraligʻida 3000— 4000 avtomobilGʻkun; Ergashtom — Qashqar oraligʻida 500—5000 avtomobil/kun (2004). Yoʻlning Toshkentdan Qirgʻizistonning Oʻsh shahrigacha boʻlgan qismi (A373) asfaltbeton toʻshamali, 292 km —I toifali, 116 km —II toifali. Yoʻlning Oʻsh shahridan Saritosh shaharchasigacha boʻlgan qismi (M41) 184 km asfaltbeton va qora toʻshamali, II — III toifali. Saritosh shaharchasidan — Ergashtom ovuligacha boʻlgan qismi davlat ahamiyatidagi yoʻl boʻlib 78 km ni tashkil qiladi, qora shagʻal toʻshamali, IV toifaga kiradi.

Yoʻlning XXR hududidagi 260 km li qismi III —IV toifali, xalqaro ahamiyatli, asfaltbeton toʻshamali.

Manbalar[tahrir]

  • Tohirjon Mirzayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000.