Kontent qismiga oʻtish

Torogʻiz ilonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Torogʻiz ilonlar (Leptotyphlopidae) — ilonlar kenja turkumi oilasi. Koʻrinishi chuvalchangsimon, mayda, uz. 30—37 sm, 40 (baʼzi manbalarda 47) turi bor. Torogʻiz ilonlarning tashqi koʻrinishi Oʻzbekistonda uchraydigan koʻrilonga oʻxshash. Tanasi 14 qator joylashgan toʻgarak tangachalar bilan qoplangan. Chanoqkamari skeleti rudimenti saqlanib qolgan. Yuqori jagʻida tishlari yoʻq. Pastki jagʻlarida 2 qator mayda tishlari bor. Ogʻzi katta ochilmaydi (nomi ham shundan). Torogʻiz ilonlar yer ostida yashaydi. Afrika, Jan.Gʻarbiy Osiyo, Janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan. Tuproqsa, toshlar ostida va termitlar uyasida yashaydi. Shomda faol. Torogʻiz ilonlar termit, chumoli va mayda hasharotlar bilan oziqlanadi. 4 tagacha tuxum qoʻyib koʻpayadi.