Tomas Gardi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TOMAS GARDI (1840-1928) Tomas Gardi dastlab she’rlar ijod qiladi. Qashshoqlik haqidagi birinchi romani muvaffaqiyatli chiqmaydi. 1871- yilda uning galdagi romani nashr qilinadi. Kitobxon bu romanni iliq kutib oladi. Shu yildan boshlab, u tug'ilgan yurtiga qaytib, muttasil ijod bilan band bo'ladi.

Ijod yo'li[tahrir | manbasini tahrirlash]

0 ‘z ijodiy faoliyati davomida o‘n to‘rtta roman yozadi. Bu romanlar Angliya adabiyoti tarixi sahifalarini bezab turibdi. Yoshligidan musiqa, san’at, adabiyotga qiziqish bilan qaraydi. Stil, Milton, S. Richardson, G.Filding asarlarini berilib o‘qiydi. Ayniqsa, Ch. Darvin, Ch. Dikkens, A. Barbyus asarlari uning dunyoqarashining o‘sishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 1926- yilda Oksford universitetida doktorlik ilmiy darajasiga ega bo'ladi. «Ona yurtga qaytish» (1878), «Мег Kosterbrij» (1886), « 0 ‘rmon oxirida» (1887), «Romantik tarix va xayol» (1872), «Dragun polkidagi keksa sumaychi» (1880), «Sevgilim» (1892) kabi asarlar T. Gardining nihoyatda sermahsulligidan darak beradi. Tomas Gardi asarlarida urushni qoralaydi. Gardi ko‘pchilik romanlarini umumiy nom ostida «Uessen romanlari» deb ataydi. Gardi ona shahrini romanlarida Kester Birdj shahri nomi bilan ataydi. 0 ‘zining turkum qissa va hikoyalarini esa «Uessen hikoyalari» umumiy nomida beradi. Dastlabki yozgan turkum she’rlarini esa «Uessen she’rlari» deya nomlaydi. Gardi qaysi mavzuda ijod qilmasin, yozuvchi uchun asosiy tasvir makoni Uessen bo'lib qolaveradi. Gardi o‘z ijodi davomida yozgan o‘n to‘rtta romanini sanalar va voqelik jihatidan uch qismga ajratib, bu turkumlarning har qaysisini uchta nom ostida ataydi. Birinchi turkum «Xayolot va tarix romantikasi», ikkinchi turkum «Keskin nisbat romanlari», uchunchisi «Muhit va xarakterlar haqidagi romanlar» deb nomlaydi. Tomas Gardining ilmiy va falsafiy dunyoqarashi ham juda keng. O'z romanlarida davr va jamiyat falsafasini, inson va zulm mavzusini asosiy tasvir bayoni qilib oladi. «Daraxt ostidagi maysazor» (1872) deb nomlanuvchi birinchi romanidayoq maysazorni qashshoq, kun bo‘yi og‘ir mehnat qilsa ham qorni to‘yib ovqat yemaydigan kambag‘al insonga qiyos qiladi. Maysazor o‘smaydi, uni bosib, ezib o'tib ketaverishadi. Uning o‘sishiga daraxt yo'l qo‘ymaydi. Umr bo‘yi soyada, daraxt tagida o‘sadi. Quyosh ko‘rmay yashagan m aysa- inson nimjon bo'ladi. Tomas Gardi ijodining oxirgi davrida yana avlodlar masalasiga qaytadi. Adibning falsafiy epik ruhdagi dramasi «Avlodlar» uch qismdan, o‘n to‘qqiz ko‘rinishdan, bir yuz o‘ttiz pardadan iboratdir. Bu dramani sahnaga olib chiqish uchun teatr jamoasi juda qiynaladi. Shunda Gardi teatr rejissyorlariga qarata «Men o ‘z dramamni teatr uchun yaratganim yo'q, o‘qish uchun yaratganman», deb javob beradi. Dramada xalq hayoti va taqdiri birinchi o‘rinda turib, ijtimoiyfalsafiy voqelik ko‘rsatib beriladi. Dramaturg o‘z asarini yaratish uchun shahar va qishloqlarga, janggohlarga, dengiz qo‘shinlari orasiga borib qirg'n urushlar jarayonini o‘z ko'zi bilan ko‘radi. Hayotini xavf ostiga qo‘yib bo'lsa-da asari uchun manba to‘playdi. Dramada Angliya, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Ispaniya, Italiya kabi ulkan davlatlaming o‘zaro munosabati yoritilgan, harbiy qo‘mondonlar, marshal va generallar, elchi va siyosatdonlar obrazi yuksak mahorat bilan yaratilgan. Dramada Napoleon va Kutuzov obrazi ham berilgan. «Avlodlar» dramasini sahnaga olib chiqish uchun yuzlab aktyorlami jalb etish va ko‘p mablag 4 sarf qilish lozim edi. Bu drama sahnada qo‘yilmasa-da, kitobxonlarning sevimli asariga aylandi. Tadqiqotchilar jahon dramaturgiyasi tarixida munchalik ko‘p qiyofalar ishtirok etuvchi drama hali yaratilmagan edi, deb baho berishadi. Tomas Gardi umrining oxirgi yillarida «Uch begona», «Cho‘pon nima ko‘rdi», «Taqiqlangan o‘gMl» kabi hikoyalar yozdi. Hayotining so‘ngi daqiqalarigacha ijod bilan mashg'ul bo'lgan adibdan avlodlarga, boy adabiy meros qoldi.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Jahon adabiyoti" Fayzulla Boynazarov.