Tovus turna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tojli turnadan yoʻnaltirildi)

Tovus turna, tojli turna (Balearica pavonina) — turnasimonlar turkumiga mansub kush. Oddiy turna kattaligida. Kulrang, qanotlari oqqora. Boshida qattiq, sargʻish tusli patlardan iborat kokili (toji) bor. Tuda (koʻpayish davrida juft) boʻlib dare vohalarida oʻtroq yoki yarim oʻtroq yashaydi. 2 ta tuxum qoʻyadi. Asosan, mayda suvda va quruqlikda yashovchilar, hasharotlar, shilliqqurtlar, chuvalchanglar, shuningdek, oʻsimliklar urugʻi va yashil qismlari bilan oziqlanadi. Tutqunlikda boqilganda ham koʻpayadi.