Toj al-arus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“Toj al-arus min javohir al-Qomus” (تَاج العَرُوس مِن جَوَاهِر القَامُوس; “al-Qomus marvaridlaridan kelin toji”) - misrlik olim Murtazo Zabidiy (1732–1790) tomonidan yozilgan arab tili lug‘ati. Monumental lug‘at 120 000 ga yaqin ta’riflarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, Fayruzobodiyning “Qomus al-muhit” va Ibn Manzurning “Lison al-arab” asarining kengaytmasidir[1]. Zabidiy kitobni yozishni 29 yoshida 1760-yilda boshlagan, lug‘atni yakunlashga o‘n to‘rt yil vaqt ketgan va 1774-yil sakkizinchi sentabrda nihoyasiga yetkazilgan[1].

Lug‘atning muqaddimasida Fayruzobodiy lug‘atiga yozilgan katta sharh keltirilgan[1][2].

Zabidiy marhum xotinini xotirlash uchun lug‘at nomida “Toj al-arus” ismini tanlagan. U oʻz asarida Fayruzobodiyning “Qomus al-muhit” va Ibn Manzurning “Lison al-arab” kitoblaridan foydalangan hamda oʻz ishini mukammallashtirish uchun koʻplab sayohatlar va uchrashuvlar amalga oshirgan[3]. U avvalgi kitoblardagi so‘z ta’riflarini kengaytirgan, yangi qaydlar qo‘shgan va oldingi ishlardagi xatolarni tuzatgan[4].

Zabidiy o‘z asarini yozishda hadis, tarix va boshqa ilmlarga oid 115 ta manbaga murojaat qilgan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Reichmuth, Stefan. The World of Murtada Al-Zabidi: 1732-91 Life, Networks and Writings (en). Gibb Memorial Trust, 2009-05-04 — 54–59 bet. ISBN 9781909724723. 
  2. Taj al-Arus min Jawahir al-Qamus تاج العروس من جواهر القاموس (ar). Dar Sader, 2011. ISBN 9789953132563. 
  3. al-Musawi, Muhsin J.. The Medieval Islamic Republic of Letters: Arabic Knowledge Construction (en). University of Notre Dame Pess, 2015-04-15 — 84 bet. ISBN 978-0-268-15801-9. 
  4. Gouws, Rufus; Heid, Ulrich; Schweickard, Wolfgang; Wiegand, Herbert Ernst. Wörterbücher / Dictionaries / Dictionnaires. 3. Teilband (en). Walter de Gruyter, 2008-07-14 — 2443 bet. ISBN 978-3-11-020339-4. 
  5. El-Shamsy, Ahmed. Rediscovering the Islamic Classics: How Editors and Print Culture Transformed an Intellectual Tradition (en). Princeton University Press, 2020-02-11 — 57–58 bet. ISBN 978-0-691-20124-5. 

[[Turkum:Olimlar]