Tohir Rajabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tohir Rajabiy (1946.9.5, Toshkent) — sozanda (qashqar rubobi). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1990). Yunus Rajabiyning oʻgʻli. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1969). Navoiy teatrida (1969—73), Oʻzbekiston teleradiokompaniyasining Doni Zokirov nomidagi Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (1973—91 va 2002 yildan), Estradasimfonik orkestri (1991—2001 )da yakka sozanda. Jozibali, musiqa bezaklariga boy ijro uslubi yuqori texnikasi, nozik krchirimlari bilan ajralib turadi. Repertuaridan oʻzbek mumtoz kuylari ("Nasri Segoh", "Galdir", "Oromijon", "Hojiniyoz", "Girya", "Bayet II", "Ushshoq" va boshqalar), bastakorlar asarlari (I. Ikromovning "Munojot" I—II, "Guluzorim", T. Jalilovning "Otmagay tong", D. Zokirovning "Ey sabo", "Koʻrmadim", Yu. Rajabiyning "Koshki", "Raʼnolanmasun" va boshqalar) oʻrin olgan. Shuningdek, oʻzbek xalq cholgʻulari, kamer va estradasimfonik orkestrlari joʻrligida Oʻzbekiston (S. Hayitboyev, B. Giyenko, Sayfi Jalil, Hab. Rahimov, M. Bafoyev, D. Omonullayeva, A. Nazarov va boshqalar) va chet el (F. List, S. Aleskerov, G. Xonmamedov, R. Pauls, M. Legran va boshqalar) kompozitorlari asarlarini ijro etgan. T. R. bir qancha qoʻshiqlarga musiqa yozgan ("Yoding dil ardogʻida", "Kuylar osmonida", "Rajabiy madhi" va boshqalar).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. Rajabiy, Hasan. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil