Tohir Qahhor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tohir Qahhor[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohir Qahhor - o'zbek adabiyotida otashin publitis adib sifatida nom qozongan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohir Qahhor 1953 yili 9 mayda To'raqo'rg'on tuman Mozorqo'hna qishlog'ida o'qituvchi oilasida tug'ildi. O'rta maktabni oltin medal bilan bitiradi. 1970-75 yillarda Toshkent Davlat universitetining Jurnalistika fakultetida bilim oldi. So'ng respublika teleradiokompaniyasining adabiy-dramatik bo'limida muharrir, "Sharq yulduzi" jurnalida adabiy hodim, G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida bosh muharrir o'rinbosari lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan.

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tohir Qahhorning "Oq o'rik" nomli birinchi she'rlar to'plami 1980 yilda nashr etilgan. Shundan keyin "Oqayotgan daryo"(1982),"Osmon kimniki"(1984),"Eshik taqillayotir"(1984),"Kun ko'zi"(1987),"Yulduzlar-mening bog'im"(1988), "Oko dnya"(Moskva, 1990), "Tog'ning parvozi"(1990), "Amudaryo to'rg'aylari"(1984)"Hur Turkiston uchun"(1994) to'plamlari ketma-ket chiqdi. Ushbu kitoblarda sonetlar, g'azallar, afsona-ertaklar ham o'rin olgan. Shoir asarlarida bolalaik, go'zallik, muhabbat, tabiat mavzulari tarannum etiladi. Tohir Qahhor 1990 yilda "Ikki oshiq bir bo'lsa" nomli ikki pardali musiqali drama yozdi. U Sirdaryo viloyat teatrida sahnalashtirildi. Shoir 1994 yil 5 mayda Turkiyada payg'ambar tug'ilgan kuni tantanasida ishtirok etdi. U "Muhammad bilan suhbat" dostoni uchun 2-darajali mukofot oldi. Tohir Qahhor filologiya fanlari nomzodi. Tohir Qahhor yetuk publitis va dramaturg hamdir. U o'zining "Hur Turkiston uchun" kitobida o'zining bilimdon tarixchi ekanini namoyish qilgan. Kitobda Rossiyaning mustamlakachilik siyosati faktlar orqali fosh etiladi, o'zbek xalqining ozodlik uchun olib borgan kurashlari yoritiladi. Shoir buyuk turk shoiri Ziyo Ko'kalp, fors adabiyoti namoyandalaridan Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, shuningdek, rus va arab adabiyoti vakillarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Uning tarjimalari orasida kolumbiyalik yozuvchi G.G. Markesning "Oshkor qotillik qissasi" alohida ajralib turadi. Tohir Qahhor Ahmad Yassaviy va Cho'lpon mukofotiga muyassar bo'lgan. Adib O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi unvoniga sazovor bo'lgan.