Togʻ hosil boʻlishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Togʻ hosil boʻlishi - Yerning rivojlanishi bilan bogʻliq juda murakkab geodinamik jarayon. Unga bir tomondan sayyoralararo boʻladigan gravitatsion va rotatsion kuchlar variatsiyasi taʼsir etsa, ikkinchi tomondan zamin ostidagi radioaktiv issiklik hisobiga geologik jinslarning erishi bilan bogʻliq boʻlgan magmatik harakat, metamorfizmga uchragan qatlamlarning oʻzgarib turishi, endogen va ekzogen jarayonlarning kuchayishi paytida denudatsiya va akkumulyatsiyaning faollanishi kabilar katta taʼsir koʻrsatadi. Natijada, Yer poʻstidagi choʻkindi togʻ jinslaridan iborat boʻlgan qatlamlarda goh vertikal, goh gorizontal tektonik harakatlarning namoyon boʻlishi hisobiga togʻlar shakllanadi. Bu jarayonda qatlamlar siqiladi, burmalanish, sinish holatlariga uchrab, yer yoriqlari boʻylab magmatik jinslar harakatga keladi. Antiklinal va sinklinal burmalanish orasidagi uzilmalarning bir-biriga nisbatan siljishi kuchli zilzilalarga sabab boʻladi. Qotib qolgan Yer poʻstidagi qatlamlar, togʻ jinslari orasidan har xil gazlar, gidrodinamik eritmalar va magmalar otilib chiqishi va yer ustida sovishi geologik davrlarda, turli xil balandlikdagi togʻlarni hosil qilgan. Bu esa, oʻz navbatida koʻtarilma va choʻkmalarni, yaʼni kattakichik antiklinal va sinklinal strukturalarni paydo qilgan. Yer taraqqiyoti tarixida bir qancha geologik davrlarda Togʻ hosil boʻlishib. davom etgan. Bu jarayon uzoq vaqt uzluksiz boʻlib, baʼzan tezlashgan yoki sustlashgan. Masalan, paleozoy erasigacha bir necha marta togʻlar paydo boʻlgan. Paleozoy erasida kaledon va gersin Togʻ hosil boʻlishib. davrlari yuz bergan. Ularning qoldiqlarini Ural, Koratogʻ, Tyanshan, Baykal atroflaridagi togʻlarda uchratish mumkin. Mezozoy va kaynozoy eralarida Markaziy Osiyoda, Xitoy, Kavkazda togʻlar hosil boʻlgan. Ayniqsa, neogen va toʻrtlamchi davrdan boshlab Togʻ hosil boʻlishib. jarayoni kuchaydi. Bunda qitalarning, ularda joylashgan geologik plitalarning bir-biri bilan toʻqnashishi natijasida yosh togʻlar paydo boʻldi. Bular sharqdangʻarbga choʻzilgan Oʻrta dengiz Alp togʻlari tizmasi va Amerika qitasidagi jan.dan shim.gacha choʻzilgan And togʻlari va bir qancha togʻ tizmalaridir. Shuningdek, oʻsha davrda ilgari dengiz boʻlgan joyda Tyanshan togʻlari qad koʻtardi. ChatqolQurama, Olay, Fargʻona, Turkiston, Nurota togʻlari, Fargʻona, Surxon vodiylari, Toshkent, Qashqadaryo togʻ oldi vodiylari shular jumlasidandir. 25—30 mln. yil avval boshlangan Togʻ hosil boʻlishib. jarayoni hozir ham keskin surʼatlar bilan bormoqda, shu sababli bu yerlarda koʻplab kuchli zilzilalar boʻlib turadi.