Toʻla masxara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toʻla Masxaradan yoʻnaltirildi)

Toʻla masxara (1842 Buxoro yaqinidagi Demun qishlogʻi —1916) — xalq masxarabozi. Masxarabozlikni Sayfullo masxara (1797—1867)dan oʻrgangan. Muzaffarxon saroyida teatr truppasining rahbari etib tayinlangan. Truppaga Joʻra masxara, Ergash masxara, Murod siyoh, Saʼdi masxara, Abdurauf oqsoqol, Xoliq masxara, Abdurasul korfarmon, Said mirzaboshi, Kalli Abbos, Hamro garmon, Ota Ashraf mavrigi, Us t a Qudrat, Sharif bozingar, Egamberdi choʻpboz kabi 20 ga yaqin sanʼatkor uyushgan. Ular chinakam badihagoʻy, har tomonlama yetuk sanʼatkorlar, soʻz ustalari boʻlganlar. Bu, oʻz navbatida, Toʻla masxaraga musiqa va raqs bn yoʻgʻrilgan spektakllar yaratish imkonini bergan. U oʻz truppasi bn xalq orasida keng Tapkalgan mayda muqallid va taqlidlar asosida "Qozibozlik", "Polvonbozlik", "Sartaroshlik", "Nisholdabozlik" kabi yirik pyesaspektakllar yaratadi. Toʻla masxara iqtidorli sanʼatkor, keng diapazonli aktyor, xushovoz xonanda, yaxshigina sozanda, taʼsirli nutq egasi boʻlgan. Shu sabab u muqallidda ham, hajviysatirik tomoshalarda ham muvaffaqiyat qozongan. Toʻla masxara anʼanalarini oʻgʻli Mulla Gadoy (1892—1963), shogirdi Safar masxara Abdullayev (1899—1962) kabilar davom ettirdi.