Toʻyingan bugʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'yingan Bug'dan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻyingan bugʻ - suyuqlik (yoki qattiq jism) bilan bir xil kimyoviy tarkibga ega va u bilan termodinamik muvozanatda boʻlgan bugʻ. Suyuklik bilan uning Toʻyingan bugʻi oʻrtasida dinamik muvozant mavjud: vaqt birligi ichida suyuklikdan chiqayotgan bugʻ molekulalari soni shu vaqt ichida suyuklikka qaytib tushayotgan bugʻ molekulalari soniga teng . Suyuqlikning bugʻ bilan termodinamik muvozanatda boʻlish trasi va bosimida har bir bosimga Toʻyingan bugʻ trasining aniq qiymati toʻgʻri keladi. Toʻyingan bugʻ bosimining traga bogʻliqligini ifodalovchi egri chiziq qaynash (yoki kondensatlanish) trasining bosimga bogʻliqligini ham ifodalaydi. Suyuqlik bilan Toʻyingan bugʻning zichliklari gʻam bir-biriga bogʻliq. Traning ortishi bilan Toʻyingan bugʻ bosimi va zichligi ortadi, suyuqlikning zichligi esa kamayadi.