Nazar Yoʻldoshevich Toʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'rayev Nazar Yo'ldoshevichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Toʻrayev Nazar Yoʻldoshevich (1938. 19.5, Denov tumani) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), fizikamat, fanlari doktori (1980), professor (1982). Samarkand universitetni tugatgan (1961). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida (1961—67), Elektronika institutida (1968—77, 2000—2001), Toshkent texnika universitetida (1977—83) ishlagan. Termiz unta rektori (1983—2000). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ilmiyoʻquv markazi direktori (2001 yildan). Ilmiy ishlari atom zarralarning qattiqjismlar sirtida sochilishi nazariyasi, ionlarning birlamchi va ikkilamchi sochilishiga oid. U nazariy fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab yechishni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib amalga oshirgan. Uning rahbarligida lazer nuri bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini nurlantirish ilmiy laboratoriyalari tashkil etilgan. Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputata (1990—95). "Mehnat shuxrati" ordeni bn mukofotlangan (1998).