Sarandoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'rdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Sarandoz, toʻr—toʻy yopinchigʻi; toʻyda, salomda kelinning boshiga yopiladigan toʻr; nafis oq matodan tikiladi. Zarafshon vodiysidagi shahar va qishloqlarda keng tarqalgan. Dastlab bezaksiz boʻlgan, keyinchalik S. atrofi gir aylantirib hoshiya naqshli kashtalar tikib, chetiga uqalar tutib bezatila boshlagan: naqsh mujassamoti yorqin rangli gullar uygʻunlashgan sershox novdalardan iborat; gullarida kashtadoʻzlikdagi anʼanaviy (choyshab, soʻzana) buyumlar bezagining taʼsiri seziladi. 20-asr oʻrtalaridan Samarqand—Buxoro va boshqa mintaqalarda atrofiga pishiq matodan tikib kashtasi qoʻlda hamda mashinada tikib ingichka va keng jiyaklar bilan bezatilgan S. keng tarkalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil