Toʻgʻriqanotlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(To'g'riqanotlilardan yoʻnaltirildi)

Toʻgʻriqanotlilar (Orthoptera) -hasharotlar sinfiga mansub turkum. Tanasi uzunchoq, 2 juft qanoti yaxshi rivojlangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Urgochisining tuxum qoʻygichi bor. Maxsus tovush chiqarish va eshitish organlari mavjud. Toʻgʻriqanotlilar turkumi 2 kenja turkum: uzun moʻylovlilar (ediyexidsimonlar, temirchaksimonlar, chirildoqsimonlar, chirildoklar katta oilalari) va kalta moʻylovlilar (treperstsimonlar, tetrigidsimonlar, timpanalsizlar, pufaklilar, chigirtkalar katta oilalari)ga ajratiladi. 200000 dan, Oʻzbekistonda 350 dan koʻproq turi maʼlum. Janubiy hududlardagi ochiq landshaftlarda keng tarqalgan. Chala oʻzgarish orqali rivojlanadi. Yilda bitta nasl beradi. Odatda, tuxum davrida qishlaydi. Koʻpchilik turlari oʻsimlikxoʻr, baʼzi turlari aralash yoki yirtqich oziqlanadi. Ayrim turlari koʻp sonli gala hosil qilib, uzoq masofaga uchib oʻtishi (koʻchishi) mumkin. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar keltiruvchi turlari bor (chigirtkalar, buzoqboshilar). Gala boʻlib koʻchib yuruvchi turlari (osiyo chigirtkasi, marokash chigirtkasi) ekinlar uchun ayniqsa katta xavf tugʻdiradi. Choʻl temirchagi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.