Oʻynoqi maymunlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tirnoq li maymunlardan yoʻnaltirildi)

Oʻynoqi maymunlar, tirnoq li maymunlar (SaNkppsShaye) — keng burunli maymunlar oilasi. Primatlar orasida eng kichik va tuban tuzilganlardan. Gavdasining uzunligi 16—35 sm, dumi uzun, tanasi qalin va uzun yung bilan qoplangan. Barmoqlarida (bosh barmoqdan tashqari) uzun tirnoqlari bor (2nomi shundan). Tishlari 32 ta, ayrim turlarida pastki qoziq tishlari juda yirik. Miyasi silliq, burmalari va egatchalari yoʻq. Markaziy va Janubiy Amerikada (Panama jan.dan Braziliya jan.gacha) tarqalgan. 5 urugʻi va 35 turi bor. Koʻpchiligi subtropik va tropik oʻrmonlarda yashaydi; daraxtlar kovagida uxlaydi. Kunduzi hayot kechiradi; juda harakatchan. Oila boʻlib yashaydi; 1—4 (odatda, 2) ta bola tugʻadi. Erkagi ham bolasini tarbiyalashda ishtirok etadi. Mevalar, har xil koʻkatlar, hasharotlar, sudralib yuruvchilar va boshqalar mayda hayvonlar bilan oziqlanadi.