Tinchlik imzolandi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
John Everett Millais
Tinchlik imzolandi, 1856
120 × 91
Minneapolis[1]


Tinchlik imzolandi (inglizcha: Peace Concluded) — 1856-yilda Jon Everett Millaisning tomonidan yarador Britaniya armiyasi ofitseri The Times gazetasining Qrim urushi tugagani haqidagi eʼlonini oʻqigani tasvirlangan surati. Kartina 1856-yilda Qirollik Badiiy akademiyasida namoyish etilgan hamda turli sharhlar olgan, ammo tanqidchi Jon Ruskin tomonidan yuqori baholangan va kelajakda u „dunyoning eng yaxshi durdonalari“ qatoriga kirishini aytgan[2] Asarda zobitning rafiqasi koʻrinishi uchun foydalanilgan muallifning rafiqasi Euphemia 'Effie' Chalmers Gray avval Jon Rskinning rafiqasi boʻlgan.

Asar boʻzga moy bilan chizilgan, uning oʻlchamlari 120 × 91 sm.

Umumiy tasvir[tahrir | manbasini tahrirlash]

Millias dastlab satirik ohang bilan rasm yaratishni maqsad qilganligi haqida baʼzi dalillar mavjud — Qrimdagi daxshatli voqealarga qaramay oddiy askarlardan farqli oʻlaroq ofitserlar „zarur shaxsiy ishlar“i tufayli uyga shoshilinch ketishlari koʻp boʻlgan. Urush tugagach, bunday satira rassomga eskirgandek tuyuldi, shuning uchun u rasm syujetini uyda tuzalib ketayotgan yarador ofitser obraziga oʻzgartirdi[3]

Ofitser yonboshlagan holatda tasvirlangan, undan unchalik uzoq boʻlmagan joyda uning irland boʻribosar iti yotadi, xotini esa uning yonida divanda va qisman tizzasida oʻtiradi; ularning boshlari ortida abadiy sevgining anʼanaviy ramzi boʻlgan mirtaning katta butasi bor. Ofitser gazeta oʻqish uchun William Makepeace Thackeray „The Newcomes“ (boshining orqasidagi sariq kitob) jildini chetga surib qoʻydi.

Uning oyogʻi ostidagi ikki bola oʻsha davrning mashhur oʻyinchogʻi Nuh kemasi shaklidagi yogʻoch quti bilan oʻynamoqda. U turli hayvonlarning haykalchalarini oʻz ichiga oladi, ulardan baʼzilarini bolalar onalarining tizzasiga qoʻyishadi. Har bir hayvon Qrim urushida qatnashgan mamlakatlardan birini ramziy belgisidir. Gall xoʻrozi Fransiyaning ramzi, sher — Angliya, ayiq — Rossiya, kurka — Usmonli imperiyasi (kurkaning inglizcha nomi „turkiy“ — Turkiya nomiga oʻxshash). Chapdagi bola qutidan faqat tinchlik ramzi boʻlgan kabutarni tanladi. Ona libosining boy matolari oʻyinchoqlar ostida urush paytida toʻkilgan qonning ramzi boʻlgan katta qizil dogʻdek taassurot uygʻotadi. Ofitserning oʻng tomonidagi qiz otasi olgan Qrim yurishi uchun medalni tutib, unga soʻroq nigohi bilan qarab turibdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ruskin, John, Academy Notes, 1856, Cook and Wedderburn, Ruskin: Complete Writings, vol 14, pp.56-7
  2. Hancher M. (1991) 'Urgent Private Affairs': Millais’s 'Peace Concluded, 1856' // Burlington Magazine, vol. 133, Aug., p. 499.
  3. Hancher M. (1991) 'Urgent Private Affairs': Millais’s 'Peace Concluded, 1856' // Burlington Magazine, vol. 133, Aug., p. 499.