Tilla qoʻngʻizlar
Tilla qoʻngʻizlar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Tilla qoʻngʻizlar (Buprestidae) -qoʻngʻizlar oilasi. Tanasining uz. 3–100 mm. Koʻpincha yaltiroq tusda. Tilla qoʻngʻizlar yozning issiq oylarida uchadi. Oʻsimliklar tanasi, bargi va gullarida (ayrim mayda turlari) uchraydi. Oʻsimlik toʻqimalari bilan oziqlanadi. Lichinkalari oq rangli, oyoqsiz; poʻstloq ostida, buta hamda daraxtlar yogʻochida va oʻtlarda rivojlanadi. 12 mingdan ortiqturi bor. Oʻzbekistonda 120 turi uchraydi. Yer yuzida (ayniqsa, tropik mamlakatlarda) keng tarqalgan. Koʻpchilik Tilla qoʻngʻizlar (katta qaragʻay Tilla qoʻngʻizlari, koʻk Tilla qoʻngʻizlar, terak Tilla qoʻngʻizlari) oʻrmon oʻsimliklarini, qora Tilla qoʻngʻizlar mevali daraxtlarni zararlaydi. Buxoro Tilla qoʻngʻizlari, toʻqay Tilla qoʻngʻizlari Oʻrta Osiyo endemigi. Toʻqay Tilla qoʻngʻizlari va Sulaymon Tilla qoʻngʻizlari Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |