Tijoniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TIJONIYA — Shimoliy Afrikadagi nufuzli soʻfiylik tariqati. XVIII asr oxirida Ahmad at-Tijoniy (1737-1815) asos solgan. U o‘z taʼlimotida Ibn Arabiy qarashlariga tayangan. Tijoniy o‘zini „oliy qutb“ (qutb al-aqtob) va ayni vaqtda „Muhammad valiyligi muhri“ (xatm al-vilaya al-muhammadiya) deb eʼlon qilgan. Shunga asosan, u o‘zini mutlaq „benuqson“ (al-isma) ekanini, Tijoniya taʼlimoti va ibodatlarini bevosita Muhammad (sav)dan olganligani daʼvo qilgan. Tijoniya tarafdorlari o‘zlarini „Alloh tomonidan mumtoz hisoblangan“ deb sanab, boshqa musulmonlarni „adashganlar“ deb hisoblaganlar. XX asr Marokash, Jazoir va Tunisda Tijoniyaga qarshi chiqishlar bo‘lib, uning mavqei ancha pasaygan. Shunga qaramay, arab olamida, shuningdek, afrikaliklar orasida bugungi kunda ham Tijoniya tarafdorlari bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom Ensiklopediyasi © „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004