Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Tibbiy tiklanish va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti — UzRdagi ilmiy tashkiliymetodik va konsultativ markaz. 1919 yil Toshkent shahrida tashkil etilgan. Dastlab kurortologiya va fizioterapiya instituti deb nomlangan. Institut kurort manbalari va yangi fizik omillardan davo va profilaktika maqsadida foydalanish, ularni oʻrganish hamda shu sohada ilmiy, amaliy mutaxassislar tayyorlashda yetakchi ilmiy muassasa hisoblanadi. 1925 yildan oʻlkaga xos kasalliklarni fizik usullar bilan davolash ustida ish olib borib, Urta Osiyo hududida kurort iklimli joylar, mineral suvlar, shifobaxsh balchiq va boshqa ni oʻrgana boshladi. 1932 yil kurortologiya boʻlimi ochildi, shundan buyen 100 dan ortiq mineral suv va shifobaxsh balchiq manbai va iqlimi kurortbop joylar oʻrganilgan va kurortsanatoriy (Chortoq, Toshkent mineral suvi, Chimyon, Polvontosh va h.k.) hamda dam olish uylari (Shohimardon, Oqtosh, Chimyon, Sitorai Mohi Xosa, Shaxand, Miroqi, Vandob) tashkil etilgan. Institutda bemorlar sogʻligʻini tiklashga qaratilgan usullar amaliyotga tadbiq etilmoqda. Institutda 8 ilmiy boʻlim, laboratoriya, vivariy, kutubxona va muzey mavjud; ilmiy xodimlar orasida 6 fan doktori va 17 fan nomzodi bor (2004). 160 oʻringa moʻljallangan boʻlimlar (kardiologiya, artrologiya, nevrologiya, gastroenterologiya, ginekologiya, umumiy terapiya, fizioterapiya, va boshqalar) da kattalar va bolalar oʻz sogʻligʻini tiklaydilar. Institutda gipertoniya va yurakning ishemik kasalliklari hamda reproduktiv yoshdagi ayol va erkaklar sogʻligʻini tiklash markazlari ishlab turibdi. Institut xodimlaridan 12 fan doktori va 89 fan nomzodi yetishib chiqdi, 46 ilmiy ishlar toʻplami, 50 monografiya, 142 metodik qoʻllanmalar nashr etildi. 1990 yilda Termiz shahrida institut filiali ochildi. Institut faoliyati Yo. K. Moʻminov, Z.A. Dolimov, R. A. Katsenovich, N. Majidov, K. Y. Yoʻldoshev va boshqa olimlarning nomlari bilan bogʻliq.