The Tiger Rising

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Tiger Rising
Muallif(lar) Kate DiCamillo
Til inglizcha
Janr(lar)i Fantastika
Sahifalar soni 114
ISBN 0763618985

The Tiger Rising 2001-yilda Newbery Medal sovrindori yozuvchi Kate DiCamillo tomonidan yozilgan bolalar kitobidir[1]. Kitob 12 yoshli Rob Horton ismli bola haqida boʻlib, u oʻz uyi yaqinidagi oʻrmon ichidan qafasdagi yoʻlbarsni topib oladi. Ushbu kitob National Book Award finalchisi boʻlgan[2].

Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rob Horton 12 yoshda va otasi bilan Floridadagi Kentucky Star nomli motelda yashaydi. Uning otasi (ismi Robert) va Rob onasi Carolinening vafotidan keyin Florida shtatining Lister shahriga koʻchib oʻtishadi. Rob yuvosh bola boʻlgani uchun unga nisbatan maktabda tez-tez qoʻpollik qilishadi. Rob oʻrmonda sayr qilib yurganida qafasga qamalgan yoʻlbarsni topib olgach, vaziyat oʻzgara boshlaydi. Keyin u bu yerga yaqinda koʻchib kelgan Sistine Bailey ismli qiz bilan uchrashadi. Rob Sistinega yoʻlbarsni koʻrsatadi. Doim his-tuygʻularini yashirishga odatlangan Rob beixtiyor Sistinega koʻnglini ocha boshlaydi. Sistine undan yoʻlbarsni qoʻyib yuborishini talab qilsa-da, Rob buning oqibati haqida oʻylab, rozi boʻlmaydi. Ammo, u oxir-oqibat koʻngli yumshab, yoʻlbarsni qoʻyib yuboradi. Yoʻlbars oʻrmonga yugurib qochadi, biroq bir necha daqiqadan soʻng Robning otasi yoʻlbarsni otib oʻldiradi. Yoʻlbarsning dafn marosimida Sistine William Blakening „The Tyger“ asaridan bir parcha oʻqiydi. Rob va uning otasi Robning onasi oʻlganidan buyon oʻzlarini qiynagan his-tuygʻularini ochishga erishadi va Rob endilikda Sistine bilan maktabga borishni intiqlik bilan kuta boshlaydi.

Qahramonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rob Horton — Rob va uning otasi (Robert Xorton) onasi (Caroline Horton) vafotidan keyin Jeksonvildan Listerga koʻchib oʻtishdi. U Kentucky Star mehmonxonasida ishlayotgan otasi bilan birga yashaydi. U yuvosh bola va boshqa bolalar uni doim haqorat qilishadi. Rob qafasdagi yoʻlbarsni topib oladi Rob hikoyaning bosh erkak qahramoni.

Sistine Bailey — Sistine (yoki Sissy) va uning onasi Listerga koʻchib oʻtadi. Sistine Robning sinfdoshi. Sistinening ota-onasi otasi kotibasi bilan ishqiy munosabatda boʻlganidan keyin ajrashishgan. Robga qiyoslaganda, u hissiy jihatdan juda ochiq va maktabda koʻplab muhokamalarga sabab boʻladi.

Willie May — Kentucky Starning bekasi. U oʻqimagan boʻlsa-da, Rob va Sistinega dono maslahatlar beradi, Sistine uni avliyo ayol deb eʼtirof qila boshlaydi. Uni Rob bilan sevimli insonini yoʻqotganlik qaygʻusi birlashtiradi.

Robert Horton — Robning otasi. U Kentucky Star motelida kam maosh evaziga ishlaydi.

Caroline Horton — Robning onasi. Rob va uning dadasi Florida shtatidagi Listerga koʻchib oʻtishdan oldin saraton kasalligidan vafot etgan.

Beauchamp — Kentucky Star moteli, motel orqasidagi oʻrmonlar va yoʻlbarsning egasi.

Yoʻlbars — Yoʻlbars qochib qutula olmaydigan qafasda shafqatsizlarcha qamalgan goʻzal va bechora hayvon sifatida tasvirlangan. U qafasda aylanib yuradi, unga avval Beauchamp, keyin esa Rob ovqat olib keladi Rob va Sistine yoʻlbarsni qafasdan chiqarganlaridan soʻng, Robning otasi uni otib oʻldiradi.

Norton va Billy Threemonger — Robni maktabda va avtobusda haqoratlab yuradigan ikki bezori aka-uka.

Missis Bailey — Sistinening onasi. U Sistineni koʻylak kiyishga majbur qiladi. Eri unga kotibasi bilan xiyonat qilgan.

Janob Phelmer — Robning maktabidagi direktor, u Robni boshogʻriq deb hisoblaydi, unga eʼtibor bermaydi va u bilan gaplashganda oʻzini noqulay his qiladi. Keyinchalik u Robga oyogʻidagi kasallik yuqumli boʻlsa, maktabga kela olmasligini aytadi. [3]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Newbery Medal Winners, 1922 - Present“. Association for Library Service to Children. Qaraldi: 2016-yil 24-avgust.
  2. „National Book Awards - 2001“. 2001 National Book Awards Winners and Finalists, The National Book Foundation. National Book Foundation. Qaraldi: 2016-yil 24-avgust.
  3. DiCamillo, Kate. The Tiger Rising. Candlewick Press, 2001. ISBN 0-76360-911-0.